Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

AQSH “ko‘rinmas” samolyot yaratdi

Texnologiya

image

Kecha, 2 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari yadroviy qurol olib yurishga qodir yangi avlod B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish qildi. Marosim Northrop Grumman'ning Palmdeyle shahridagi (Kaliforniya) zavodida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH harbiy havo kuchlari 34 yil ichida birinchi marta yangi avlod bombardimonchi samolyotini namoyish qilgan. 

“Defence News” ma’lumotlariga ko‘ra, B-21’ning o‘tmishdoshi B-2 Spirit 1988 yil noyabr oyida ishlab chiqarilgan. B-2 birinchi marta 1989 yil iyul oyida parvoz qilgan.

Yangi samolyot “stels” texnologiyasi bilan jihozlangan. Bu unga deyarli “ko‘rinmas” bo‘lish imkoniyatini beradi. Uni yaratgan Northrop Grumman kompaniyasining e’tirof etishicha, B-21 oltinchi avlodning dastlabki bombardimonchi samolyoti hisoblanadi. U oddiy va yadroviy qurollarning o‘q-dorilarini olib yurishi mumkin.

Pentagon saytida efirga uzatilgan tadbirda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan. B-21 Raider 2023 yilda havoga ko‘tarilishi kutilmoqda. Biroq AQSH Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi 2019 yilda B-21’ning prvozlari 2021 yilga mo‘ljal qilinayotgani aytgan edi. Shundan B-21’ning sinovdan o‘tkazish sanasi bir necha bor o‘zgardi.

Ma’lumot uchun, bitta samolyot narxi 750 million dollarga teng. AQSH Mudofaa vazirligi Northrop Grumman bilan ushbu samolyotni yaratish haqida 2015 yildayoq shartnoma tuzgandi.


Maqola muallifi

Teglar

B-21 Raider

Baholaganlar

704

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar

Яндекс.Метрика