Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
PHP Davrasida
1 2 3 ... 16 >>
PHP Davrasida
Bu kitobimni men sevgili singlim Nozima uchun bahshida etaman. Har doim 
meni qo'llab quvatlagan, har doim meni tushinib yordam berganligi uchun 
tashakkur etaman.
Kitobimni yozishda menga ko'mak bergan http://www.technoidea.boom.ru 
sitesiga va http://www.uzinfo.info/ sitesiga o'z minatdorchiligimni bildirib 
o'taman.
Bu kitob Linux sistemasida Open Office.org programmasida yozilgandir.
GNU GPL litsensiyasi ostida tarqatiladi.
Savol va takliflarni uzinfo@inbox.ru / kitob@uzinfo.info da kutib qolaman!!!
2 – Bosma (Ba'zi bir qoshimchalar kiritilgan)
Asosan PHP4 bo'yichadir.
Bu kitobni tijorat maqsadida ishlatish qatiyan man etiladi. O'zbekiston ichida tamoman bepul tarqatiladi. Mening 
yani yozuvchining ruhsatisiz chop etish, sotish qatiyan man etiladi  Toshkent 2006 GNU GPLPHP Davrasida kitobi Open Source
Assalomu aleykum Azizlar,
Mana bugun biz Web Sahifalar yaratish darslarimizning keyingi qismi yani Ma'lumotolar Ba'zasi bilan 
ishlovchi va boshqa HTML komandalari bilan qilib bo'lmaydigan ishlarni bizga osonlikcha qilib beruvchi
programmalash tili yani PHP ni o'rganishni boshlaymiz.
(Bu kitobim oldingisiga qo'shimcha qilingan holdadir, yani eski PHP davrasida kitobini yangilanganidiri)
Agarda siz shu so'zlarni o'qiyotgan bo'lsangiz unda siz Web sahifa yaratishni boshlagansiz va keyingi 
pog'onasiga o'tib, PHP o'rganishni boshlamoqchisizdir.
Keling avalam bor PHP nimaligini, uni kelib chiqishini yozib o'tsak.
PHP tarihi:
PHP 1995 yili, Rasmus Lerdorf Perl/CGI da internet site'ga kirganlarning qanchaligini hisoblovchi kichik
bir programmacha yozdi. O'sha vaqtda bundan ishlarni bajaruvchi hech qanday programma bo'lmagan, 
shuning uchun unga judayam ko'p hatlar kelib, uni qanday qilganligini so'rab surishtirishni boshlashgan. 
Shunda Lerdorf o'zining bu kichik programmasini yani PHP(Personal Home Page yoki Hypertext 
Processor) ni tekinga tarqatishni boshlagan.
Bundan tez tarqalib, juda ko'p qulanishni boshlanganini ko'rgan Lerdorf PHP ni ishini yani 
hususiyatlarini, qo'shimcha komandalarini kengaytirishni boshlaydi. Vaqti kelib Perl uning uchun kamliq 
qilib u bu programmani C programmalash tilida yozishni boshladi, va PHP'ni ishlab chiqarishda butun 
dunyo programistlari qatnasha boshlashdi.
1997 yili PHP 3.0 chiqdi, va butun dunyo bo'yicha 50 000 ortiq insonlar shu programmani ishlatishni 
boshlagan edi.
1999 yilga kelib esa PHP ishlatuvchilar soni 1 000 000 dan ortib ketdi.
Bu PHP tarihini kichik bir qismi edi.
PHP yoki HTML?
PHP HTML kodining ichida yozilishi ham mumkindir. Yani huddi HTML komandlari va ora sira 
qandaydir boshqa ko'dlar uchrashi mumkindir, mana bu kabi:
<html>
<title> <? print “Hello World”; ?></title>
</html>
Agarda siz shu sahifani index.php deb saqlab Internet Browser bilan qarasangiz sizning Sahifa boshi 
“Hello World” bo'ladi.
Lekin PHP sahifalarning ko'rsatishi uchun sizda Apache Server PHP module bilan yoki IIS PHP module 
bilan birga bo'lishi kerak.
Apache eng yahshi va tez ishlaydigani Linux yoki Unix sistemalariga qo'yilganidir, lekin agarda sizga 
Windows XP yoki NT yoqsa unda ularga ham qo'yib tekshirishingiz mumkindir.PHP Davrasida kitobi Open Source
Apache serverni siz http://www.apache.org sahifasidan olishingiz mumkindir.
Agarda siz Ma'lumotlar ba'zasi bilan ishlamoqchi bo'lsangiz unda sizga MySQL ham kerak bo'ladi, uni
siz http://www.mysql.com dan topishingiz mumkindir.
PHP module'larni esa siz http://www.php.net site'sidan olib o'rnatishingiz mumkindir.
Yuqoridagi programmalarni o'rnatgandan so'ng siz PHP sahifalari bilan ishlashni boshlashingiz 
mumkindir. Bu programmalarni o'rnatishni o'rgatish bu kitobda ko'rsatilmaydi, bularni hammasi boshq
kitobimizda yoritib o'tiladi va bu kitob sizga faqatgina PHP sahifalari bilan ishlashni, yaratishni bosh 
qismini yani kirish qisminigina o'rgatib o'tishni o'z zimmasiga oladi.
Agarda siz yuqoridagi programmalrni qo'yib bo'lgan bo'lsangiz unda keling kichkina php sahifasini 
yozamiz.
<?
$site_title=”PHP kitobi”;
$author=”Sandjar Alimov”;
?>
<html>
<head>
<title><? print $site_titile; ?></title>
</head>
<body>
<?
print date(“F d. Y”);
print  “<br> Salomlar sanga $author”;
?>
</body>
</html>
va sizning oynangizga quyidagi chiqadi PHP Davrasida kitobi Open Source
O'zgaruvchilar va O'zgarmaslar
O'zgaruvchilar hamma programistlash tilining asosidir. Bularga O'zgarmas sonlar, belgilar va 
kiradi.
Misol qilib sonlarni olaylik. Ular butun sonlar, qoldiqli sonlar bo'lsihi mumkindir va yana bul
ikkilik, sakizlik, o'n oltilik sanoq sistemasidagi sonlar ham kiradi.
Yoki belgilardan &%/$# va yana harflar ham kiradi.
Agarda biz qandaydir o'zgaruvchanga nimadir belgilab berish niyatimiz bo'lsa unda biz quyid
yozishimiz shartdir:
$ovqat=”manti”;
$rang=”qizil”;
Bulardan tashqari yana ishchi begilarimiz bor yani:
Nomi Ta'rifi
\n Yangi qator
\r kursorni qaytishi
\t gorizontal tabulyatsiya
\\ Teskari qiyshiq chiziq
\$ Dollar belgisi
\” Qo'shtirnoq belgisi
\[0­7]{1,3} Sakizlik sanoq sistemasini yozilish
\x[0­9A­Fa­f]{1,2} O'n oltilik sanoq sistemasi yozilishi
Bu belgilarni kerakli bo'lgan joylarda qulaygina ishlatishingiz mumkindir.
Shu yerda o'rinli deb bildim “” belgisi bilan '' belgilari orasida farq bordir yani:
Misol:
$double_list=”item1\nitem2\nitem3”;
$single_list='item1\nitem2\nitem3';
Ekranga chiqarganingizda single_list tamoman bir biri bilan birga va \n belgisi bilan chiqadi, 
esa bu belgilarsiz bo'sh joy bilan birga chiqadi.
Masivlar
Masiv: Bir qancha o'zgaruvchilarni birligidir.
yozilishi: $ismi[raqami]
misol:
$gosht[0]=”tovuq”;
$gosht[1]=”qo'y go'sht”;
$gosht[2]=”mol go'sht”;



PHP Davrasida kitobi Open Source
agarda siz print $gosht[1] desangiz unda oynangizga “qo'y go'sht” chiqadi.
Yoki array() komandasini ishlatishingiz mumkin.
misol:
$ovqat=array(“manti”, “shurvo”, “kabob”);
Agarda sizga masivlarni so'z bilan ajratish qilay bo'lsa unda PHP buni ham qabul qiladi.
misol:
$maktab[“ismi”]=”Cholpon”;
$maktab[“raqami”]=”258”;
$maktab[“shahri”]=”Toshkent”;
Ichma ich massivlar ham yoza olasiz.
yozilishi: $ismi[raqami1][raqami2]..[raqamiN];
misol:
$shahmat[0][0]=”Peshka”;
$shahmat[0][1]=”Tora”;
$shahmat[1][1]=”Ot”;
Obyektlar
Obyektlar PHPda ham ishlatilinadi.
Obyekt: Bu o'zgaruvchan bo'lib, uni na'munasi oldindan aniqlangan shablon orqali yaratiladi, yani 
class'lar orqali. Obyektlar OOP (Object Oriented Programming) ning asosiy qismini yani o'zagini tashkil 
etadi.
Misolda ko'raylik:
class appliance {
var power:
fucntion set_power($on_off){
$this­>power=$on_off
}
}
...
$blender=new appliance;
Bu misolda biz class so'zi bilan appliance nomli obyektni belgilab oldik, so'ngra esa uning ichida power 
o'zgaruvchisi borligini ko'rsatib set_power funktsiyasini ochdik uning ichida esa power o'zgaruvchisiga 
funktsiya olgan qiymatni belgilab berdik.
So'ngra $blender'ga biz shu obyektni hususiyatlari bilan birga belgiladik.
Mantiqiy funktsiyalar
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 01.07.2013 / 22:35 | O'qilgan: 14113 | Izohlar: (0)
1 2 3 ... 16 >>
Яндекс.Метрика Statok.net