Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Rasuli Akramdan qissalar
Hazrati Anas (RA) dan rivoyat
qilinadi: Rasululloh (SAV) bilan
birga (o'rgan) edik. Bir payt u
zot tishlari biroz ko'rinadigan
darajada kulimsiradilar. Sababini
so'raganimizda shunday
marhamat qildilar:
— Ummatimdan ikki kishi Alloh
huzuriga boradilar. Ulardan biri:
— Ey Rabbim, mening bu
insonda haqqim bor, haqqimni
undan olib ber, — deydi. Alloh
taolo ham haligi insonga "Buning
haqqini ber", — deb buyuradi. U
odam:
— Ey Rabbim menda savob deb
atashga arzirli hech bir narsa
qolmadi,— deydi. Janobi Haq
— Qara, bu insonning savobi
qolmabdi, nima deysan, — deb
so'raydi. Haqqini talab qilayotgan
inson javob beradi:
— U holda mening
gunohlarimdan olsin.
Suyukli Payg'ambarimiz shu
gaplarni aytarkan, ko'zlari
yoshlandi va "U shunday buyuk
bir kundirki, bu kunda insonlar
gunohlari olinishinin istab
qoladilar" ,— dedilar.
Shunda Alloh taolo haq egasiga
buyurdi:
— Boshingni ko'tar va jannatga
boq! U odam:
— Ey Yaratgan Egam, inju bilan
ishlangan, kumush va oltindan
barpo qilingan ko'shklarni
ko'ryapman. Bular qaysi
payg'ambar, qaysi siddiq yoki
bo'lmasa qaysi shahidlarga
atalgan,— deydi havas bilan.
Alloh subhanahu va taolo javob
beradi:
— Bular menga haqqini
berganlarga atalgan. U odam:
— Bularning haqqinin kim to'lay
oladi?— deb so'raydi. Alloh taolo
aytadi:
— Agar istasang, bularning
sohibi sen bo'la olasan. Haqqini
talab qilayotgan inson so'raydi:
— Qanday qilib, ey Allohim?
— Haqqingni bu odamga
bag'ishlash orqali,— deb javob
beradi Janobi Haq. Haq egasi:
— U holda bu insonni kechirdim,
— deb ayutadi. Alloh Haq
Subhanahu va taolo ham:
— Do'stingni olib birgalikda
jannatga kiringlar,— deydi.
So'ngra Janobi Payg'ambarimiz
(SAV) dedilar:
—Allohdan qo'rqingiz va Sizlar
ham bir-biringizni orangizni isloh
qilinglar. Ko'rmaysizlarmi, Alloh
taoloning O'zi mo'minlar orasini
isloh qilyapti.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 11.11.2013 / 00:19 | O'qilgan: 1303 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net