Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Agar tanda dard bo'lsa....
1 2 3 ... 7 >>
Ushbu risolani o'qisangiz ona-tabiatning ehsonlari, sir asrorlari bilan tanishasiz. Insonning salomatligi uchun tabiatni o'zi har qanday kasallik shifosini muhayyo qilib qo'yganligini shohidi bo'lasiz. Unda turli xil kasalliklarni davolashda xalq tabobatida jamlangan sodda tavsiyalar va ularning qo'llanish yo'l-yo'riqlari ixcham holda bayon etiladi. "Issiq jon isitmasiz bo'lmas" deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, inson o'z hayotida favqulodda shikastlanishi yoxud xastalanib qolishi mumkin. Shuningdek ba'zi vaqtlarda ozor chekkan kishiga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatish lozim bo'lib qoladi. Ana shunday xollarda tegishli yordam amallarini qo'llash turli asoratli damlardan ma'lum darajada saqlab qolishi mumkin. Mazkur risola xalq tabobatida qadim-qadimdan qo'llanilib kelinayotgan davolash yo'l yo'riq'lari haqida terma ma'lumotlar keltiriladi. Qadimdan tabiblar va hakimlar amaliyotda qo'llanib kelingan hamda zamonlar o'tishi bilan samarasi achchiqlangan beozor amallarni o'z o'rnida tadbirkorlik bilan qo'llash faqat ijobiy taraflarni nomoyon etadi. Shifokor tavsiya etgan har bir tibbiy amalni u xox murakkab yoki sodda ko'rinishda bo'lsin o'z o'rnida va me'yorida qo'llash kerak. O'z bilganicha davo amallaridan foydalanish ko'r-ko'rona muolajalarni qo'llash "ko'z qo'yaman deb qosh chiqarish" bilan barobar bo'lishi mumkin. Risolada keltirilgan muolajalar o'zining beozorligi bilan ajralib turadi. Ularning aksariyati tabiat ne'matlari shifobaxsh giyohlar hayvonot va boshqa jonzotlarning mahsuli hisoblanadi.

“Agar boshingiz og'risa” Bosh og'rig'i turli sabablar asosida sodir bo'ladi. Jumladan kuhna shaqiqa yani migren kasalligi shamollash turli zaharlanishdan (jumladam is tegishi, favqulodda kimyoviy moddalardan zaharlanish va hokazo) diqqatlikdan o'ta charchashdan toliqishdan havoning ifloslanishidan shovqindan va yana boshqa "sabablardan bosh qattiq siqilib og'rishi mumkin. Unda avvalo bosh og'rig'iga sababchi omillardan xoli bo'lishga harakat qilinmog'i darkor. Yong'oqning toza ko'k qobigi xina bilan aralashtirshtib, boshga surtilsa, og'riqni qoldiradi. Oshqovoqni xomligida xidlang yoki suvini quloqqa tomizing. Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab, ichib tursangiz miya va bosh og'rig'ini qoldiradi. Akasning (akasiya) pokizalangan bargi va gulini qaynatib ichilsa, bosh og'rig'i qoladi. Boshi ogrigan kishi boshiga atirgul yog'ini surkash kerak. Gul yog'ini qo'yidagi usullarda ajratib olish mumkin: 1. Qizil gulning soyada quritilgan gul bargidan yarim siqim olib, bir piyola suvda suvning yarmi qolgunga qadar qaynatiladi. So'ngra qaynatma dokadan o'tkazilib, yarim piyola kunjut yog'i qo'shiladi. Aralashmani past olovga qo'yib, yog'ning o'zi qolguncha qaynatiladi. 2. Qizil gulning xo'l bargidan 1,5 misqol, kunjut yog'idan 100 misqolni shishaga solib, 40 kun quyosh tigida saqlanadi (bir misqol 4.25 grammga teng). Agar boshingiz qattiq og'riyotgan bo'lsa, bu kishining ichidagi qabziyatdan darak beradi. Shunda bemor ichini muloyimlashtiruvchi omillardan bo'lmish xom sut, suyuq, ovqatlarni iste'mol etishi, beozor surgi vositalardan bo'lmish turshak ivitib ichishi tavsiya etiladi. Boshning qattiq og'rishi hafaqon asorati bo'lishi mumkin. Mabodo sizda hafaqonlik mavjud bo'lsa, limon, purtaxol, qovoq, iste'mol etish, anor ne'matlarini yeyishingiz, kiyiko't va ko'k choylardan ichishingiz tavsiya etiladi. Nahorga xech narsa emasdan yantoq suvini burunga tomizsangiz va bir soatdan so'ng binafsha yog'idan burunga tomizilsa bosh og'rig'idan xoli bo'lasiz. 4,5 misqol xina gulini 75 misqol asal va suv bilan ichsangiz bosh og'rig'idan qutilasiz. Xantal (gorchisa)ni asal bilan qo'shib, hamir qilib, manglayingizga qo'ysangiz, darddan xalos bo'lasiz. Oq atirgulni gulini xo'lligida peshonangizga sursangiz, bosh og'rig'iga davo bo'ladi. Itqovunning suvini quyoshda bug'latib, quyuq, qilib sutga aralashtirib, burun ichiga surtsangiz, bosh og'rig'idan xalos qiladi. Mabodo bosh og'rig'i qon bosimining pastligi yoki kam qonlik asorati bo'ladigan bo'lsa u xolda quvvat, darmon bag'ishlovchi vositalar bo'lmish asal va mayiz qo'shib yanchilgan yong'oq mag'zidan kuniga bir choy qoshiqdan iste'mol qilib turish tavsiya etiladi. Boshingiz gangib og'rishi kamqonlikdan bo'lsa u xolda olma, behi, uzum, bodomni qand bilan istemol etish, navvotli choy ichish dardni yengillashtiradi. Bedarmonlikdan chaklarning gung bo'lib og'rishida uzum shinnisidan iste'mol qilib turish foyda beradi. ismaloq sharbatidan 1-2 qoshiq, miqdorida ichish miyaning qattiq og'rishidan xalos etadi. Agar bosh qattiq yoki zirq'irab og'risa, binafsha gulini boshga qo'yib bog'lansa, dardni yengillashtiradi.

“Agar tishingiz og'risa” Odam o'zining tabiiy tishlarini qadriga yetishi va unga bepisand bo'lishi yoxud kasallanishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Mutaxassis shifokorlar ham yilda ikki bor ko'rikdan o'tkazib turishni ma'qul deb biladilar. Tish og'rig'ini keltirib chiqaradigan juda ko'p salbiy omillar mavjudligi qayd qilinadi. Tishni "qurt yeyishi" asab tolalarining ochilib qolishi tishlarning og'rig'iga sababchi bo'ladi. Yanchilgan murch yoki xantaldan (gorchisa) olib, teng miqdorda tuz qo'shib aralashtiriladi va og'riyotgan tishga qo'yiladi. Semiz o'tning bargini chaynasangiz, milklaridan qon ketishini to'xtataydi. Yong'oq ustidagi po'stning bir bo'lagini og'riyotgan tishga qo'ysangiz, og'riq tuxtaydi, milklar mustahkamlanadi. Tish milklari bushashib ketsa, har kecha qizigan va anor gullarini ezib, milklarga oz-oz qo'yib turing. Oshqovoq xom "go'shti" dan olingan suvga limon suvidan aralashtirib, g'arg'ara qilinsa, tish taskin topadi. Tishingizning o'ng tomoni og'risa, chap qo'lingiz tomiriga, aksincha bo'lsa, o'ng qo'lingiz tomiriga qirgichdan o'tkazilgan sarimsoq, bog'lang. Shunda iztirobli darddan qutilasiz. Sholg'om ildiz mevasi qirg'ichdan o'tkazilib 1 piyola suv bilan 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach sharbati bilan og'iz bo'shlig'i chayiladigan bo'lsa, zirq'irab og'riyotgan tishga malhamlik qilib taskinlik beradi. Anjir mevasi asosida qaynatma tayyorlanib, iliqligida og'iz bo'shlig'ida tutib turiladigan bo'lsa, milklarning pilla bog'lashiga malham beradi. Qattiq og'riyotgan tishga yarimta komfora (dorixonada bo'ladi) qo'yilib, uni chaynab yumshatilgan qog'oz bilan mustahkamlab qo'yilsa, aziyatdan xoli bo'lasiz. Tish nish olib milkni qirqib chiqqanida sodir bo'luvchi og'riqdan xalos bo'lish uchun milklar kuniga bir necha marotaba nugruni (soda) bilan chayib turiladi. Tish zirq'irab og'riyotgan tomondan quloqqa bargizubni ezib, uning suv tomchisi tomizib turilsa, og'riq yarim soat ichida yo'qoladi. Qattiq og'riyotgan tishning yuqorisidan uch barmoq vositasida qattiq bosib turiladigan bo'lsa azobi asta-sekinlik bilan yo'qoladi. Tish simillab yoki qattiq og'rib qoladigan bo'lsa, marmarak qirqbug'in, g'ozpanja buymadoron kabi o'tlarning birontasini qaynatma bilan iliq xolida og'iz chayiladi, iloji boricha qaynatmani og'riyotgan tish agrofida tutib turishga harakat qilinishi kerak bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ida sovugan
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 23.06.2013 / 08:13 | O'qilgan: 13289 | Izohlar: (0)
1 2 3 ... 7 >>
Яндекс.Метрика Statok.net