Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Asal va Sut xossalari...
<< 1 2 3 4 5 ... 14 >>
qaynatib, suvi asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligi (astma)ga davodir. Archa mevasidan 30 gr yanchib va elakdan o'tkazib, 15 gr mol yog'i qo'shib eziladi va ko'pigi olingan asal bilan xamir qilib bir hafta yalab yurilsa, balg'amdan hosil bo'lgan nafas qisishiga davo bo'ladi. 2 gr gorchisa urug'ini ezib, asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligidan xalos bo'lasiz. Har kuni 8-9 gr rayhon suvini asal bilan qo'shib ichgan odam nafas tangligidan xalos bo'ladi. Bug'doy kepagi qaynatilgan suvga shakar, asal, shirin bodom yog'i qo'shib iste'mol qilinsa, nafas tangligiga davodir. Bir grammdan mo'miyo, asal va aloedan tayyorlangan aralashma har kuni nahorga iste'mol qilinsa, nafas qisishga davo bo'ladi. Nafas qisishdan xalos bo'lishni istasangiz, yuz grammdan isiriq va zig'irni 0.5 kg asalga aralashtirib, undan bir choy qoshiqda kuniga uch mahaldan iste'mol qilib turing. Shotut mayizini asal bilan yeyilsa, ich ketishga davo bo'ladi. Oqbosh karam sharbatiga shakar yoki asal aralashtirib ichish tomoqni yumshatib, yo'talni qoldiradi, Asalari mumidan varaq yasab, qotgan asablarga qo'yib bog'lansa, ularni yumshatadi. Bodom mag'zini yanchib, asalga aralashtirib muntazam iste'mol qilib yurish asabning davosi, miyani quvvatlantiruvchi, aqlni ziyodalashtirib, fikrni tiniklashtiruvchi vositadir.
- Kuniga 7-8 gr yalpiz urug'ini qaynatib, asal bilan ichgan odam ichakdagi noxush moddalardan xalos bo'ladi.
- Yongoq mag'zini asal bilan qo'shib murabbo qilib yeyilsa, ko'richak mustahkamlanadi. Sarimsoqni pishirib asal bilan qo'shib yesa, bir necha hafta ichida istisqso dardidan batamom xalos bo'ladi.
- Bir diram ipakni qaychida maydalab, uch hissa asalga iylab iste'mol qilinsa, g'amginlikdan xalos qiladi, shod- xurram etadi, yurakni baquvvat qiladi.

OG'IZ BO'SHLIG'IDA - Asalari mahsulotlarini tibbiyotda qo'llash keng tus olmoqda. Yarali og'iz bo'shliq (stomatit)larini davolashda sizga propolisning spirtli aralashmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Yosh bolalarda og'iz bo'shlig'i yarasi uzoq kechadi, u yuqori harorat, ishtaha yo'qolishi, ba'zida qusish va ich ketish asoratlarini ham berishi mumkin. Propolis og'izning shilliq qobiqchasidagi og'riqni qoldirishda, shuningdek, shamollashga qarshi foydali dori hisoblanadi. Og'iz bo'shlig'i kasalligida propolis spirt aralashmasi qo'llanilganda, uning foydasini birinchi soatlardayoq sezish mumkin bo'ladi. Propolis aralashmasi quyidagicha tayyorlanadi: 10 gr maydalangan propolisga 100 mg spirt qo'shib, 3 sutkaga qorong'i joyga qo'yib, vaqti-vaqti bilan silkitib turiladi. Uchinchi kuni butilkadagi aralashmaga 100 g suv quyib, suzib olinadi. Og'izni chayqash uchun yarim stakan iliq suvga 5-10 g propolis aralashmasi qo'shiladi. Agar farzandingizni o'zi og'iz bo'shlig'ini chayqashni eplay olsa yaxshi, mabodo eplolmasa, u holda aralashmani og'iz bo'shlig'iga surtish kerak bo'ladi. 20-40 daqiqadan so'ng, bolada o'zgarish seziladi, ishtahasi ochiladi, shamollashi tez o'tadi. Bolalarda terining yallig'lanishi hosil bo'lmasligi uchun, propolis aralashmasining miqdorini kamaytirish mumkin.

LABINGIZ YORILSA - Kechqurun uyquga yotishingizdan avval ozgyna toza asalni labingizga surtib yoting. Bir necha muolajadan keyin lab yorilishidan halos bo'lasiz.

OVOZ CHIQMAY QOLGANDA - Bir bo'lak yerqalampir(xren)ni olib, maydalab to'g'rab unga bir piyola qaynoq suv quyib, 20 daqiqa davomida tindiriladi. Unga ozgina asal qo'shib bir kunda 3 mahal bir choy qoshiqdan ichsangiz shifo bo'ladi.

TISHINGIZ OG'RIGANDA - Asalari propolisini moshday miqdordagisini olib kovagi bo'lgan tishingizga joylang. Propolis qattiq bo'lsa uni biroz yumshating. Birozdan so'ng og'riq qoladi:

OG'IZ BO'SHLIG'I KASALLIGIDA
1. 25 g propolisni olib, shunday maydalangki, har bir bo'laklari 0.4 mm dan oshmasligi kerak. So'ng qoramtir bo'tilka idishga 100 ml spirtni quyib birgalikda yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashmaga 50 g quritib maydalangan qizilpoycha (zveroboy) barglari solinib vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Tayyor bo'lgan nastoykani filtrlab, kuniga 4-5 marotaba (dozasi 20-30 tomchidan) tomoqni chayib turiladi.
2. Propolis angina, surunkali tonzillit, xalqum shamollashi, laringitda, milk kasalliklarida ham yaxshi davo hisoblanadi. Bu kasalliklarda propolisdan bir miqdorda olib chaynalsa, yaxshi natija beradi.

PARADONTOZDA
1. Asalni uyasi bilan birga chaynang. Milkingiz mustahkamlanadi, tishlaringizdagi g'uborlar ketadi.
2. Asalli mumkatak chaynasangiz (uning tarkibida asaldan tashqari mum va gulchang mavjud) milkni tozalaydi va mustahkamlaydi, yallig'lanishdan sa q laydi, tish ko'chishining oldini oladi.

TOMOQ OG'RIGANDA - Bargizub o'simligini quritib maydalangandan 1 osh-qoshiqda olib uni 200 mm suvda 10 minut atrofida past olovda qaynating, uni yarim soat tindiring. Unga 20 foiz propolisning spirtdagi eritmasidan 40 tomchi tomizing. Ushbu suyuqlik bilan anginada, surunkali tonzilitda, laringit va shu kabi og'iz bo'shlig'i kasalliklari, tomoq og'rig'ida chayqang. Suyuqlikni ichib yuboring.
- Bir stakan qaynatilgan suvga 1 osh qoshiqsan quruq va tuyulgan qo'ziquloq bargi (podorojnik) solib, 10-15 daqiqa davomida qaynatiladi. qaynagandan so'ng yarim soatga tindirilib, unga 40 tomchi 20 foizli propolis spirt eritmasidan qo'shib, anginada tomoq chayqab turiladi.

ANGINADA - Sirli idishda qo'yning ichki yog'i, saryog', kakao va asalni 200 grammdan aralashtirib eriting. Keyin shisha idishga solib sovuguncha saqlang. Zarur paytda bir stakan suvga aralashmadan 1 choy qoshiqda solib bir kunda 3-4 marta iching. Agar balg'amli yo'tal bo'lsa, sutga 1 choy qoshiq soda soling.

BALG'AMNI KETKAZISHDA - 300 gramm asalga 20 gramm murch tolqonini aralashtirib 3 mahaldan 7 kun moboynida bir osh qoshiq miqdordagisini nahorga ichib yuring, balg'am ketadi, inshoolloh.

OSHQOZON - ICHAK VA JIGAR XASTALIGIDA - 50-100 grammdan qabul qilingan asal (suvda eritib yoki toza holda) yengil bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Bu narsa undagi qand miqdorining ko'pligi va ichak qobiqlaridagi xemoreseptorni besaranjomlantiruvchi organik kislota bilan bog'liq. Asalning oshqozon va ichak sekresiyalariga ta'siri qabul qilingan asal miqdori, qabul vaqti va aralashma haroratiga bog'liqdir. Oshqozon yarasi kasalligi va 12 barmokli ichakning gipersekretor faolligida asalni nonushta va tushlikdan 1.5-2 soat ilgari, kechki ovqatdan 3 soat oldin 30-60 g dan qabul qilish tavsiya etiladi. Giperasiya gastrit holida 1 osh qoshiqdan iste'mol qilinadi. Asalni 30-40 gradusli issiq suvda eritib, darhol ichiladi. Davolash kursi 1.5-2 oy. Ana shu usuldagi davolov yo'li bilan oshqozon suvi achitqisi kamayib, oshqozon-ichak faoliyati mustahkamlanadi, og'riqlar to'xtaydi, ko'ngil aynish va zarda yo'qoladi, bemorning kayfiyati ko'tariladi, asab tizimlari halovatsizligi barham yeydi. Asalni ovqatlanishdan oldin sovuq aralashma holida qabul qilish oshqozon - ichak sekresiyalari kuchayishini ta'minlaydi. Giposid gastrit chog'ida aralashma bir osh qoshiqdan ovqatlanishdan
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 23.06.2013 / 08:05 | O'qilgan: 38736 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3 4 5 ... 14 >>
Яндекс.Метрика Statok.net