Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Asal va Sut xossalari...
<< 1 2 3 4 ... 14 >>
Asal tarkibidagi moddalarning 78 foizini glyukoza va fruktoza tashkil etishi ko'rinib turibdi. Uzoq vaqt saqlanganda saxarozaning arzimas hissasi 2 dan 10 foizgacha oshishi mumkin. Sog'lom kishining 1 litr qoni tarkibida 1-g glyukoza mavjud bo'ladi. Fruktoza jigarda glikogen shaklida saqlanadi va zo'riqqanda glyukoza ko'rinishida organizmga quvvat bag'ishlaydi. Oddiy shakar, kartoshka (kraxmal) uglevodlar me'da - shira tarkibidagi diastazlar ta'sirida xazm bo'ladi. Tabbiiy asal oqsillar inson tanasida gormonlar va fermentlar hosil bo'lishida ishtirok etadi. Asal fermentlari hazm jarayonini yaxshilab tananing oziq moddalarni o'zlashtirishga ko'mak beradi. Ferementlarsiz tana yashay olmaydi, oziq moddalar ko'payib ketishidan halok bo'ladi. Asalda boshqa oziq moddalarga nisbatan fermentlar miqdori yuqori. o'tkir asal (padevuymed) fermentlar ta'siridan parchalanib ketadi, aytarlik oziq quvvatga ega bo'lmaydi. Asaldagi turli mineral moddalar odamda uning qon hosil qiluvchi a'zolarida qon tanachalarni hosil bo'lishi, asab tizimini qo'zg'alishi, vitaminlar va garmonlar orasidagi bog'lanishlarni ta'minlaydi. Asaldagi organik kislotalar ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatib oziq moddalarni o'zlashtirilishiga yordam beradi. Oshqozon devorining shilliq ajratish faoliyatini kuchaytiradi, ishtahani oshiradi. Asal odam tanasida deyarli to'la ravishda 97-98 foizga o'zlashtiriladi. Sut 90 foiz, qora non 85 foiz, go'sht 95 foiz, kartoshka 85 foiz o'zlashtirilishini bilib qo'ygan yaxshi. Asal yosh o'smir organizmini o'sish davrida juda muhim oziq hisoblanadi. Asal iste'mol qilib yurgan o'quvchilar jismoniy kuchli, aql jihatidan yuqori, ijodkorligi yaqqolroq namoyon bo'ladi. Uyqu oldidan asal iste'mol qilish bilan osuda uyqu ta'minlanadi.

ASALLI MUOLAJALAR - Asalni yeb qayt qilinsa, me'dani har xil cho'kindilardan tozalaydi. Asalni suv bilan g'arg'ara qilinsa, xalqum va bodomcha bezlarni yiring va boshqa begona moddalardan tozalaydi.
- Asalni sirkaga aralashtirib og'iz bo'shlig'i devorla-riga qo'p marta surtilsa yoki asalni ko'p muddat davomida tutib turilsa, tishlar milkini mustahkamlaydi. Agar milk go'shti yeyilgan bo'lsa uni undirishga yordam bera-di, kirdan tozalaydi. Barmoq bilan asalni tishlarga surtilsa, tishlarni oldingi joylarida turishi, ularni oqarib sog'lom bo'lishiga xizmat qiladi. Ba'zilar asalni shirin bo'lgani uchun sustlashtiruvchi (bo'shashtiruvchi) deb bilishgan. Bu unchalik to'g'ri emas. To'g'ri, asalning shirinligi rutubatli bo'lib, bo'shashtiruvchi hisoblanadi. Lekin asal mizojda issiq va quruq ekanini unutmaslik kerak. Shunday ekan, u qatiy bo'shashtiruvchi bo'lmaydi.
- Asalning o'zini yoki piyoz suvi bilan ko'zga tortilsa, ko'zni ravshan qiladi, qichish, qo'tir, suv oqish, ko'zdagi xol va gavharga begona suv tushishi kabi holatlarni bartaraf qiladi.
- Agar asalni toshtuz bilan aralashtirib quloqqa tomizilsa, uning pardasidagi bodlar va quloq daranglashishini yo'qotadi, quloq ichidan yiring kelishi va rutubatlarini bartaraf etadi, uning sovuqdan paydo bo'lgan dardlariga malham bo'ladi va quloqning og'irligini daf qiladi. Asalni so'yilgan sigirning yangi olingan o'tiga qo'shib yoki molning, echki yoxud ayol sutiga yoki tovuq tuxumining oqiga aralashtirib quloqqa tomizilsa, yuqorida aytilgan quloq xastaliklariga shifo bo'ladi. Agar asalni qizilgul yog'iga aralashtirib yalab yeyilsa, sovuq moddalar tufayli paydo bo'lgan yo'talni daf etadi.
- Asalni bargizub suvida eritib o'sha suv bilan iliqxolida huqna qilinsa, ichaklardagi zaxmlar va uning shishlariga davo bo'ladi. har gal hamom qilgandan keyin, badan sovimasdan asal bog'lansa, zakarni katta va kuchli qiladi. Ayollar asalni hayz yoshida tagdan ko'tarsalar, ularning bachadonlaridagi illatlarga shifo baxsh etadi.
- Asalni bug'doy uni bilan qorib badanga bog'lansa, shishlarni qaytaradi, chipqon va toshmalarni pishiradi, sirka va tuz bilan aralashtirib bog'lansa, shishlarni yo'qotadi, sepkilli dog'larni daf etadi, tuz bilan qo'shib bog'lansa, badanda lat va kuchli zarba tufayli paydo bo'lgan qontalashlarni yo'q qiladi, arpa uni bi-lan xamir qilib bog'lansa, badanda qaynab chiqadigan terlarni isloh qiladi, zaxmlarni iflosliklardan tozalaydi va ularni harom go'shtlarini kemirib, yo'qotadi, tovuq axlati yoki javdarga qo'shib bog'lansa, teri yuzidagi oq dog'lar va pesga shifo bo'ladi.
- Asalni ukrop bilan qaynatib bog'lansa, badandagi kuchli zarba dog'lari va teridagi oq dog'larni yo'q qiladi. Uni qizilgul yog'iga aralashtirib surtilsa shirin balg'am tufayli paydo bo'lgan yaralarga shifo bag'ishlaydi va badanni baquvvat qiladi. Agar yolg'iz o'zi surtilsa, bit va sirkani yo'qotadi. Uni o'lgan jasadlarga surtilsa, murdani buzilish va hidlanishdan saqlaydi, shunintdek, go'sht va charvilarga surtilsa, ularning sifati, ta'mi buzilmaydi, asl holi saqlanadi. Asalni zira suviga qo'shib ichilsa, zamburug' zahriga, quturgan it tishlaganida davo bo'ladi. Agar qizil gul yog'iga aralashtirib iste'mol qilinsa, badandan zaharli jonzotlar zahrini haydaydi. Agar asalni eb qayd qilib tashlansa, zahar yegan odamni xavf-xatardan qutqaradi. Asalning xislatlaridan yana biri shundaki ayol kishi uni suv bilan sharbat qilib, och qoringa nahorda ichsa, agar homilador bo'lsa, ichaklarida kuchli og'riq paydo bo'lib homilasi tushadi. Xullas, sovuq mizoj va balg'am mizoj odamlar uchun asal yashash joyi sovuq xududlarda foydali bo'lib, issiq mizoj va mizoji quruq odamlar agar asalni issiq fasllarda yeyishsa, zarar qiladi. Issiq mizojli kishilarda bosh og'rig'i paydo qiladi.
- Yuqoridagi fasllarda asalni bir qancha kasalliklarga shifobaxshligi, uni tayyorlash va iste'mol miqdori ko'rsatib o'tildi. Shunday bo'lsa-da, xalqimiz qadim zamonlardan beri asalni ba'zi ozuqli maxsulot va shifobaxsh giyohlarga omixta qilib quyidagi xastaliklar ni davolaganliklarini eslatib o'tamiz. Sholg'om urug'iki xovonchada yanchib, asal bilan aralashtirib esangiz, ichingizni yumshatadi. Zulukni quritib, asalga solib, yalansa, buyrakdagi toshlarni maydalaydi. har kimning mijozi sovuqdan tashvish tortsa, dolchin bilan asalni qaynatib va anor sharbatini qaynatib, issiq ichsa najot topadi.
- Inson jigari 4 narsani xush ko'radi, xom karam, tvorog, qattiq non va asal.
- Petrushka urug'i, no'xat va asaldan iste'mol qilib yurgan kishining qovug'i mustahkam bo'ladi. Yong'oq mag'zi bilan asaldan murabbo tayyorlab yeb yurilsa, buyrakni baquvvat qiladi. qizil bodrezak mevasining sharbatini asal bilan aralashtirib ichilsa, jigar xastaligiga davo bo'ladi. Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qo'shib yeb yurilsa jigar xastaliklariga davodir. har kuni 7-gr dasht sabzisini quritib yanchigach, choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuq jigarga issiqlik baxsh etadi. Sabzini suvda qaynatib so'ng u asalga qo'shilib yeyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi. Sirka va asal qo'shib yeb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo'ladi. Loviyani asal bilan aralashtirib ko'zga bog'lansa, ko'z milklarining qizarishini va shishini yo'qotadi. 10 gr sariq bedani suvda
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 23.06.2013 / 08:05 | O'qilgan: 38726 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3 4 ... 14 >>
Яндекс.Метрика Statok.net