Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Asal va Sut xossalari...
<< 1 ... 12 13 14
xar-xil o't o'lan va daraxt yaproqlari, turli tutun va zaharlar, gazlar bilan ifloslanmoqda. Bunday mahsulotlarga to'ygan hayvonlar suti esa salomatlikka jiddiy xavf soladi. Allergiyaning keng tarqalishi shunga bog'liq bo'lib qoldi. Allergiyasi, oshqozon-ichak kasali bor bemorlar ovqati tarkibidan sut va sut mahsulotlarini iste'mol qilish chiqarib tashlanganida ular tez sog'aya boshlaganliklari kuzatilgan. Allergiyasi bor, injiq bolalaringizga ham sutli ovqat berishni to'xtatsangiz jiddiy va ijobiy o'zgarishni kuzatasiz. Uni iste'mol qilishdan zararli oqibatlar kelib chiqadi. Ana, xolos. Bu qandaydir ist'emol qilingan sut kishi organizmida va havo ufunatida tez buziladigan va mizojlariga sut o'tirishmaydigan o'lkalarda ro'y bersa kerak, va yana qo'shimcha qilamizki, shamol bo'lmasa terak uchi bekorga qimirlamaydi. Darhaqiqat, oramizda ham sut haqida gap ketgandayoq ko'ngli behuzur bo'ladigan shaxslar yo'q emas. Ammo sut va sut mahsulotlarini turli kasalliklarda dori - darmon qabul qilinayotganda iste'mol qilmaslik buyuriladi. Negaki, har qanday shifobaxsh dorivor va zaharlarning kayfiyatini sut-qatiq keskin buzib tashlashini ota-bobolarimiz ancha ming yillar muqaddam yaxshi bilishgan. (Kosmetika) uchun tavsiyalar Sut, qatiq, tuxum va boshqa mahsulotlar aralashmalari yordamida terini oziqlantiruvchi, yumshatuvchi, tiniqlashtiruvchi va tekislovchi surtmalar tayyorlash oson.
- 2 oshqoshiq suli uniga 50g iliq sutni qo'shib, qaymoq darajasiga kelguncha aralashtirasiz. Yuzingizga surtib, 20 minutdan so'ng artib tashlang.
- 1 osh qoshiq yog'sizroq suzmaga 1 choyqoshiq zaytun moyini yaxshilab iylab yuzingizga surting. 20-30 daqiqa kifoya.
- 1 oshqoshiq suzmaga teppa-teng asal qo'shib, bir necha tomchi limon sharbatini aralashtirasiz. Yuzga surtib, 15-20 daqiqa kutasiz.
- Qatiqni o'zini yuz-ko'zlaringizga surtib 30 daqiqadan so'ng asta silasangiz o'zi tushib, tozalanadi. Shu usulni kirlanib ketgan qo'llarga ham surtib, asta ishqalansa, barcha kirlarni tushiradi. qatiq va zardob bilan sochni yuvish har qanday dongdor shampundan a'lodir.
- Qatiq, suzma va zardobga o'rik, shaftoli, olma, anjir, gilos mevalaridan ezib aralashtirib turli yuz niqoblarini amalga oshirish mumkin.
- Yodingizda bo'lsin: yiqilib oyoq-qo'l, badan qattiq shikastlanganda, olov yoki qaynoq suvdan kuyganda aslo sut-qatiq icha ko'rmang. Jarohatlangan joyni zardob bilan yuvish mumkin. Zardobni jigar kasali bilan og'riganlar har kuni 2-3 piyola iliq holda ichish yaxshi samara beradi.- Yangi manzillarga borganingizda iloji bo'lsa, 200g qatiq ichib olsangiz iqlimga moslashuv oson kechadi.- Baliq, kalla go'shti va tuxum bilan bir vaqtda sut-qatiq iste'mol qilmang. Me'da faoliyati keskin buziladi. - Sut-qatiq mahsulotlarini sopol, shisha va sirli idishlarda saqlash sifatiga putur yetkazmaydi.- Bosh miyadan zarb olgan, yiqilgan kishilar har kuni nahorga 40 kun bir kosadan yangi sog'ilgan sut ichishlari lozim.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 23.06.2013 / 08:05 | O'qilgan: 38737 | Izohlar: (0)
<< 1 ... 12 13 14
Яндекс.Метрика Statok.net