Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Asal va Sut xossalari...
1 2 3 ... 14 >>
Asal va sut xossalari ...

- ASAL XOSSALARI - Asal mazasi asalari qaysi o'simliklardan shira olganligiga qarab aniqlanadi. Unga qaysi o'simlik shirasi asoslik vazifasini o'tagan bo'lsa, asal ham o'sha o'simlik nomi bilan sifatlanadi. Masalan akasiya asali , paxta asali , beda asali, kungaboqar asali , yantoq asali va h . k . Asal borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, uning tarkibida 75 foiz meva shirinligi mavjud. qolgan qismi esa suv, oqsil moddasi, kislotalar, fermentlar va xushbo'y moddalardan iborat. Sof asal shifobaxshlik xususiyatiga ega, u juda ko'p yillar davomida buzilmay turadi. Bir kilogramm asal 3150 kaloriya quvvatga ega. Bu 30 dona tuxum yoki 2.5 kg semiz go'shtning quvvatiga teng degan so'zdir. 200 gr asalning quvvagi 180 gr pishloq, 8 dona apelsin va 350 gr maydalangan go'sht quvvatiga tengdir. Asalning tarkibida juda ko'p vitaminlar va mikro-elementlar bor. Asal tarkibida mikro va mikroelementlarning borligi asalning sifatini, shifobaxshlik xususiyatini boyitadi. Asalning bu shifobaxshlik xususiyatini saklash uchun shisha, sopol va sirlangan idishlarda qorong'i joylarda saqlash lozim, asal saklangan uyni tez-tez shamollatib turish, haroratni esa 5-10 darajadan oshirmaslik lozim. Uni temir, alyuminiy idishlarda mutlaqo saqlab bo'lmaydi. Chunki uning tarkibidagi moddalar temir va alyuminiy bilan reaksiyaga kirishib, zaharli moddalar hosil qilishi mumkin. Asalni o'pka, buyrak, jigar, yurak va qon-tomirlar, oshqozon va ichak, markaziy asab sistemasini, ko'z, teri kasalliklarini va turli-tuman surunkali yara kasalliklarini davolashda keng qo'llash mumkin. Surunkali bronxit, farangit va rinit, o'pka kasalliklariga 5-10 foizli asal eritmasi tayyorlab, ingalyasiya qilinsa, bemor tez tuzalib ketadi. Oshqozon, ichak kasalliklarini davolashda ham asal juda foydali. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalliklarini davolashda ovqatdan 1,5-2 soat oldin 25-30 grammdan iliq suv yoki-meva sharbatiga asal eritib ichilsa, oshqozon shirasi ko'payishiga sabab bo'ladi. Asal bilan davolanishda bir kunda o'rtacha 80-100 grammgacha asal tanovvul qilish mumkin. Erta bilan 30 gramm miqdorda. Davolash vaqti bir yarim - ikki oyga mo'ljallangan. qadimgi yunonlarda chakalokni emizishdan oldin uning og'ziga bir necha tomchi asal tomizish yoki ona ko'ksiga asal surtish odat bo'lgan. Darvoqe, ba'zi vaqtlarda bolaga sigir suti berishga to'g'ri keladi. Lekin bunda bolaning rangi bir oz oqaradi, harakatlari esa bir oz susayadi. Ana shunda sutga ozgina asal qo'shilsa bas go'dak sog'ayib ketadi. Ozishga moyillik, gepatit va oshqozon-ichak, nafas yo'llari kasalliklarini davolashda ham asaldan foydalanish ma'qul. Ba'zi yosh bolalar har xil sabablarga ko'ra ishtahasi bo'lmay kam ovqat yeydi. Bunday bolaga vaqti-vaqti bilan asal berib turilsa ishtahasi ochiladi. Asal ozmoqchi bo'lgan kishilarga ham, semirishi kerak bo'lgan kishilarga ham baravar shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi. Darmonsiz, ozg'in kishilar asalni boshqa oziq-ovqatlar bilan birga tanovvul qilishlari kerak. Semirib ketgan kishilarga esa ozish uchun asalni ho'l meva yoki suv bilan iste'mol qilish tavsiya etiladi. Yurak kasalliklariga chalingan bemorlarga yalpiz asali, oshqozon ichak kasallanganda rul asali, buyrak kasallansa, har xil giyohlar va mevali daraxtlar asalini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Asal eng avvalo, toza, tarkibida shakar qiyomi, sirka qo'shilmalarisiz bo'lmog'i kerak. Asalni isitilsa shifobaxshlik xususiyati ancha yo'qoladi. Shuning uchun uni o'z holicha, ya'ni tabiiyligicha futur yetkazmay foydalanish yaxshi samara beradi. Asal to'g'risidagi hamma ma'lumotlarda xozirgi zamon fani tibbiyoti ham uning ko'p foydali xususiyatlariga tan berganligi e'tirof qilinadi. Asal kishi organizmiga beqiyos foydali bo'lganligidan hamma kasalliklarga davo hisoblanadi. Ibn Sino asalning shifobaxshligini o'rganib, turli xil kasalliklarni davolagan hamda bu borada o'zining qimmatli tavsiyalarini ham ishlab chiqqan. Chunonchi nafas a'zolari yaralanib qolsa, asalni tanglay bilan ezib so'rishni, ko'z hiralashib qolsa unga asal surtib ko'z xiralashishini ketkizishni maslahat beradi. Buyuk tabib bundan ming yil ilgari asalni kishini tinchlantiruvchi xususiyatiga ega ekanligini ham isbot etgan. Shu maqsadda uni uyqusizliqda va har xil asab kasalliklari, shuningdek, bolalar kasalliklarini davolashda qo'llagan. Bunda dastlab asalning quvvatligiga, tez hazm bo'lishiga, xushbo'yligiga shirin ta'mga ega bo'lishiga tayanib ish ko'rganligini maxsus uqtirib o'tadi. Bundan tashqari, oshqozon ichak va boshqa a'zolarning kasalliklarini davolashda, turli xil shamollashlar va o'pka kasalliklarida asalni iliq sutga yoxud limon, sabzi, sholg'om suvlariga aralashtirib ichishni buyurgan. o'tmishda odamlar uzoq muddat safarga chiqqan paytlarda tez buziluvchi oziq-ovqatlarni saqlashda asaldan foydalanganliklari ma'lum. hatto toza asalni o'lganlarni balzamlashda (buzilishdan saqlashda) ham ishlatganlar. Sarkarda Aleksandr Makedonskiyning jasadini o'z vataniga shu tarzda olib kelingani tarixdan ma'lum. Ibn Sino asalni bosh og'riqlari kasalliklarini davolashda qo'llagan. Uning asalni tuz bilan aralashtirib, qulokqa tomizilsa uni tozalaydi va eshitish quvvatini kuchaytiradi degan fikrlaridan tabiblarimiz hozirgacha foydalanadilar. Shayx ur-rais uzoq umr ko'rish uchun doimo oziq-ovqat tarkibida asal bo'lishini alohida ta'kidlagan. 45 yoshdan oshgan kishilarga har kuni asalning yong'oq bilan ezilgan aralashmasini iste'mol qilishni buyurgan. o'pka kasalliklarini davolashda asalni qizil gul bargi bilan aralashtirilgan aralashmasini bemorlarga har kuni ertalab soat 12 gacha qabul qilishni tavsiya qilib o'tgan. U qon tomiri va yurak kasalliklarida asal bilan shirin anor qo'shib istemol qilishni foydaligini o'qtiradi. Uning bolalar tabobati, tarbiyasi, sanitariyasi va gigenasida asaldan foydalanish soxasida bayon etgan fikrlari hozirgacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Bu jihatdan, ayniqsa, uning bolalarda paydo bo'ladigan ayrim kasalliklarni asal bilan davolashga oid o'ndan ortiq tavsiyalari daqqatga sazovordir. Ibn Sino o'zining birinchi kitobida yozadi: "Bolalarning tishlari chiqish oldidan tish milklarida paydo bo'ladigan shishlarni, ikki jag' suyagining chekkasidagi paylarda paydo bo'ladigan shishlar va tirishish kasalliklari paytida bolaning og'zini moy-chechak (romashka) yog'iga aralashtirilgan asal bilan chaplaydilar". Bugina emas, olim bolani asal bilan emizish va uni ko'krakdan ajratishda undan foydalanish tadbirlarini ham aytgan.

ASAL YOSHARTIRUVCHI OZUQA - Biz bu o'rinda asalning to'yimli ozuqa va shifobaxshligi to'g'risidagi yangi ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz. har birimiz iste'mol qilayotgan taomning tanamizga ta'sirini ko'rib chiqamiz. Asal tarkibi bo'yicha ion qon plazmasiga juda yaqin turuvchi, yuqori kuvvatli mahsulot 100 gr toza tabiiy asal 300 kaloriya quvvatga ega. Uning tarkibida 32 foiz - glyukoza, 2 foiz - saxaroza, 36 foiz-fruktoza, 8 foiz-maltoza, 20 foiz-suv, 2 foiz-mineral tuzlar mavjud.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 23.06.2013 / 08:05 | O'qilgan: 38128 | Izohlar: (0)
1 2 3 ... 14 >>
Яндекс.Метрика Statok.net