Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Vasiyat
Bir qari odam kasal bo‘lib yotib qoldi. Yoniga o‘g‘lini chaqirib, vasiyat qila boshladi:
— Bolalarim, jon bor yerda qazo bor. Shuning uchun hozirdan aytib qo‘yay, odamlardan olasi-berasilarim bor. Men aytib turaman, sen yozib ol.
— Xo‘p, dada, aytavering! Qani, oldin kimlardan ola-silaringiz bor, shuni ayting!
— Yoz, Eshmatda yuz so‘m, Toshmatda yuz so‘m, Isavoyda ikki yuz so‘m, Musavoyda ikki yuz so‘m...
— Ha, dadajon, aytavering, tag‘in kimlarda bor? Dadasi yana uch-to‘rt odamning nomini aytdi. Olasi-larning jami ming so‘mcha bor edi.
— Bolam, endi qog‘ozning narigi tarafini ag‘dar. Kimlarga berasilarim bor, shuni yoz.
— Qani, ayting-chi.
— Ismatxo‘ja akaga ming so‘m, Rustamxo‘ja akaga ming so‘m, Eshon akaga ikki ming so‘m, Mulla Umarboyga...
— E to‘xtang, to‘xtang, dada, endi ayniy boshladingiz,— deb, o‘g‘li uning boshini ushlab ko‘rdi,— bu gaplar isitmaning haroratiga o‘xshaydi. Yota qoling dada...
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BiG*ViRuS)) | Vaqti: 01.06.2019 / 19:11 | O'qilgan: 192 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net