Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Turfa odamlar
Kimdir bomdod namoziga kech qolgani uchun siqiladi, kimdir mol bozoriga kech qolgani uchun siqiladi. Kimdir bugun ota-onasidan xabar ololmagani uchun siqiladi, kimdir onasi‘betob bo‘lib kasalxonada onasiga qarab ishlari qolib ketgani uchun siqiladi. Kimdir sajdaga bosh qo‘ymagan kunlari uchun siqiladi, kimdir tursa shiftga boshi tegib turuvchi uyda yashagani uchun siqiladi. Kimdir bir bor joynamozga minmagani uchun siqilsa, kimdir mashina olib minolmagani uchun siqiladi, kimnidir ollohga do‘st bo‘lish uchun joni halak, yana kimdir boy qudaga ega bo‘lish uchun joni halak. Kimdir ota-onasini roziligini olish uchun harakatda, kimdir "boshliq"ning ishonchiga kirish uchun harakatda. Kimdir taxajjud namoziga uxlab qolgani uchun siqilsa, kimdir futbol ko‘rolmay uxlab qolgani uchun siqiladi. Xo‘sh sizchi? Bugungi kunda siz nimadan siqilyapsiz?
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BiG*ViRuS)) | Vaqti: 28.05.2019 / 05:01 | O'qilgan: 208 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net