Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Ajoyib sevgi
1 2 >>
Qiz juda chiroyli edi. Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga o'zgacha nigoh ila qarardi. 19 yoshli sohibjamol qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas,qanaqadir o'zgacha bir sevgini kutardi. Yuragining tub-tubidan uning kelishini ham his etib turardi. Bir kuni darsga kelganida, partasining ustida turgan qip- qizil atirgulni ko'rdi. Gul bandiga biriktirilgan qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot go'zal..." Negadir qizning lablarida tabassum uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu holat takrorlandi. Qip-qizil atirgul va doimgi bir xil dastxat. Qiz bu gullarning sohibi kim ekanligiga judayam qiziqardi.. Kunlarning birida qiz uyqudan uyg'onib, derazadan ko'chaga qaradi va birdan o'zgacha hayajonlanib ketdi. Ro'paradagi do'konchaning oppoq devoriga har xil bo'yoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat tagiga o'sha sirli dastxat qo'yilgandi: "Hayot gözal..." Qiz endi doim o'sha sirli yigit haqida o'ylardi. Uning o'zini kuzatib yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari doim o'ychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador ko'rsatardi. Qiz o'ziga yuborilayotgan har bir gulni qo'liga olib zavqlanar, chindan unga hayot judayam go'zal ko'rinardi. Bahor tonglarining birida velosipedda sayrga chiqqan qiz musaffo havo va xiyobondagi yashil go'zallikdan zavqlanardi. Lekin velosiped g'ildiraklarini harakatlantiruvchi zanjir o'rnidan chiqib ketib, qiz to'xtashga majbur bo'ldi. U zanjirni joyiga o'rnatishga urinardi-yu buni hech eplolmasdi. - Balki yordamim kerakdir? Qiz yoniga kelib to'xtagan velosipedli yigitga qaradi. - Yo'q, o'zim... - Mana bunday qilish kerak, (yigit qizning velosipedi zanjirini o'rniga qo'ydi,) - Ana bo'ldi. - Rahmat.! Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi. Yigit bo'y-basti kelishgan, ko'rkamgina yigit edi. "Ayniqsa kulishi o'ziga juda yarasharkan", - o'ylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit o'z velosipediga o'tirib, qanaqadir yoqimli kuyni xushtak qilib chalganicha qizdan uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan bir zum termulib qoldi... Qizga atirgullar kela boshlaganiga bir oydan oshgandi. Lekin, qiz haligacha o'sha sirli yigitning kimligini bilolmasdi. Shunday kunlarning birida qiz u bu ishlar bilan ushlanib, judayam kechga qolib ketdi. Aksiga olib havoning avzoyi buzuq, kuchli momaqaldiroq bo'layotgandi. Qiz taksi ushlash maqsadida kollej yonidagi bekatga kelganida allaqachon o'ta shiddatli yomg'ir boshlangandi. Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz ketishga ham qo'rqib turgandi. Kamiga bekatda hech kim yo'q, osmonni qoplagan qop qora bulutlar atrofni yanada qorong'u ko'rsatardi. Hammasidan momaqaldiroqning vahimali ovozi qizni cho'chitardi. Shu mahalda unga tanish, yoqimli ovoz eshitildi: - Balki yordamim kerakdir? Bu o'sha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz juda sevindi. Bu o'sha yigitni yana ko'rganligi uchunmi yoki boshqa sababdanmi o'zi ham bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini aytmadi: - Yo'q, o'zim ... Yigit ham jilmaydi: - Yomg'ir hali-beri tinmaydi. - Nima, meni mashinangizda uyimgacha kuzatib qo'ymoqchimisiz? - Menda yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib qayergadir yugurib ketdiyu, zumda qaytib keldi: - Xo'sh, qalay? Qiz yigitning qo'lidagi oq va pushti rangli soyabonlarni ko'rib jilmaydi. - Bahor oylarida yomg'ir mahali piyoda yurish zavqli, dedi yigit. Ular yonma-yon ketib borisharkan, qiz o'ziga yuborilayotgan gullarning sohibi shu yigit ekanligini o'ylay boshladi. Buni tekshirib ko'rish uchun yigitga savol berdi: - Siz yo'lingizda uchragan har bir qizga shunaqa yordam qilasizmi? - Har biriga emas... hammasiga. Ular kulishdi. Qiz uyi tomon ketishayotganda ikki tomonga ketgan ko'chaning yigit qaysi tarafga burilishiga juda qiziqayotgandi. Muyulishda Menimcha uyingiz shu tarafda bo'lsa kerak. Chunki narigi tarafda shifoxona va boshqa binolar, atiga bir ikki xovli bor. Adashmasam to'g'ri ketyapmiz. (qizning fikrini o'qigandek) javob berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi. (xunob bo'ldi qiz) - Aytingchi, hayo tni qanday ta'riflaysiz..? - Menimcha bunaqa sharoit va vaqt uchun noo'rin savol. (kuldi yigit) Ular qizning uyiga yaqinlashishgandi. - Bu yog'iga o'zim ketaman sizga katta rahmat. - Soyabon sizda qola qolsin, menga oq ranglisi ko'proq yoqadi. "Ey Xudo, (hayolidan o'tkazardi qiz) mening pushti rangni yoqtirishimni ham bilarkan..!" - Mayli xayr.. (yigit ortga o'n qadamlar tashlagach qiz uni to'xtatdi.) - Hey..! (Yigit o'girilib qaradi.) - Savolimga javob bermadingiz. (Yigit o'sha yoqimli tabassumida jilmaydi va baland ovozda baqirdi.) - HAYOT GO'ZAL...!!! Qizning yuragi juda-juda tez va baland urardi. Qiz ayni damda baland musiqa eshitayotgandek o'z yuragining dukurini eshitib turardi. U hayajonlanganidan yomg'irni ham ilg'amasdi. U tanish yoqimli musiqani xushtak qilib chalib ketayotgan yigitning ortidan qarab qoldi... Ertasi kundan boshlab qizga negadir gul kelmay qo'ydi. Qiz endi juda ham o'ychan bo'lib qoldi. U yigit haqida kun- u tun o'ylardi. Xuddi hozir BALKI YORDAMIM KERAKDIR, deb paydo bo'ladigandek tuyulardi. Lekin yigitdan ham atirgullardan ham darak bo'lmasdi. Shu bir necha kun ichida qiz o'zi bilmagan holda yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz SEVIB qolgandi. Lekin buni hali o'zi bilmasdi. Nihoyat bir kuni o'sha kutilgan ovozni eshitdi. - Salom.!!! - Salom.!!! (javob berdi qiz.) - Biroz aylanib kelmaymizmi..? - Bahor oylarida yomg'irsiz havoda piyoda yurish ham zavqlimi..? - Albatta. Ular birinchi marta ko'rishishgan xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq mavzularda suhbatlashishdi. Nihoyat yigit qizga bir dona qip qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu uning bandiga ko'z yugurtirdi. Qog'ozcha yo'q edi. Savol nazdida yigitga qaradi. Yigit har doimgidek kulib turardi. - Mana u, (yigit qo'llarini yozdi, uning kaftiga bo'yoq bilan o'sha dastxat yozilgandi) " HAYOT GO'ZAL " Keyingi kunlar xuddi shirin tush kabi tez o'tardi. Qiz yigit sevgi izhor qilganidan keyin o'zi ham uni sevishini anglab yetdi. Chindan ular u-n hayot judayam chiroyli va zavqli ko'rinardi. Qiz qachonlardir kutgan hayoliy ro'yo haqiqatga aylanganidan baxtiyor edi. Juda ham chiroyli muhabbat edi bu... Yigit rassom edi. Qizga juda chiroyli tabiat manzaralarini ko'rsatardi. Qiz xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek baxt va sevgidan sarmast yashardi. Yigit qizga portret sovg'a qildi. Qiz o'z suratiga qaradi. Judayam nafis va chiroyli chizilgandi. - Nega men bulutlar orasida turibman..? (so'radi qiz.) - Chunki sen mening farishtamsan..! (javob berdi yigit.) Har bir kuni go'zal edi bu sevgining... Lekin o'shanda qiz hali o'zini oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi... Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy uchrashadigan xiyobonga yigit kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi, xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan ko'rishganida yigitning nimadandir xafaligini payqadi. Yigit odatdagidek jilmayardi, lekin bu tabassum ortida juda ham o'zgacha mahzunlik sezilardi. - Nima bo'ldi? - Hech narsa. Kecha unutibman, kechir
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BiG*ViRuS)) | Vaqti: 19.05.2019 / 09:30 | O'qilgan: 422 | Izohlar: (0)
1 2 >>
Яндекс.Метрика Statok.net