Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Sevgi
Yigit tushkun kayfiyatda do'stiga qo'ng'iroq qildi. Go'shakni chiroyli ovozli qiz ko'tardi. Yigit adashib tushganini payqab, go'shakni qo'ymoqchi bo'ldi. Lekin nimadir bunday qilishga yo'l qo'ymas, qiz bilan dardlashgisi kelardi. Yigit gap boshladi: -Allo... -Eshityapman, gapiravering,-javob berdi qiz. - Aytingchi, sizning onangiz bormi? -Nimaa?! -Onangiz hayotmilar?- so'radi yigit. Narigi tomondan esa qizning bilinar-bilinmas yig'lagani eshitilardi. Yigitning qo'qqisidan bunday savol berishining sababi bir oy oldin onasi vafot etgani, ayriliq yurak bag'rini o'rtayotgani edi. Agarda qizdan onasi borligini eshitsa baxtli inson ekanligini, onasini yanada asrab-avaylashini aytmoqchi edi. Qizning yig'lab yuborganidan bildiki ikkisining ham dardi bir ekan. Yuraklaridagi ana shu dard ikkisini hamsuhbat bo'lishga undadi. Bir-birlariga tasalli berishdi. Yigit qizdan yana qo'ng'iroq qilishga ruhsat olgach xayrlashishdi. Endi ular tez-tez qo'ng'iroqlashib turishar, qizning qo'llab- quvvatlashlari, maslahatlari bilan yigit oyoqqa tura boshladi. Yangi ish topdi, g'ayrat bilan, hayotga bo'lgan qiziqishi ortib borardi. Buning uchun uni hayotga qaytargan farishtasi Maftunadan minnatdor bo'lardi. Ular boshqa boshqa shaharda yashardilar. Bir kuni yigit hammadanda go'zal qiyofada tasavvur qiluvchi farishtasi bilan uchrashmoqchi bo'ldi. Uchrashgach unga bo'lgan pinhona sevgisini izhor etishni niyat qildi. Uchrashuv kuni belgilandi va ular bir-birini quyidagicha tanib olishni rejalashtirishdi: Yigit harbiy kiyimda, qo'lida Maftuna yoqtirgan atirgul g'unchasini ushlagancha poyezddan tushib keladi. Maftuna esa vokzalda, qo'lida o'zi sevib o'qiydigani Bulgakovning "Usta va Margarita" kitobi bo'ladi.... Nihoyat uchrashuv sanasi yetib keldi. Yigit hayajon bilan poyezddan tushdi. Vokzalda odam siyrak edi. Yigit kitob ushlab olgan qizni qidirdi va topdi... Topdi-yu fikrlari alg'ov- dalg'ov bo'lib ketti. "Usta va Margarita"ni ushlab olgan qiz nogironlik aravachasida o'tirardi..... Yigitning hayollari chalkashib ketdi. O'ziga kelib qaraganda esa qizning yoniga kelib qolgan, qiz ham unga tikilib turardi."Ahir nima bo'lganda ham bu o'sha mening farishtamku, menga uning qandayligini ahamiyati yo'q" o'yladi yigit, ammo soniyalar ichida fikridan qaytdi, ichida nimadir" ahir u nogiron ekanku, ket bu yerdan" degan ovoz isyon ko'tarardi. Yigit ikkinchi ovozga quloq tutdi. -Meni kechiring, men...men bunday bo'lishini hatto hayolimga ham keltirmagandim. Siz kutgan yigi emasman,- dediyu ortiga o'girildi. Nogiron qiz yonidagi o'rindiqda o'tirgan qizga gap boshladi: -Maftuna, sen kutayotgan yigit shumidi? Yigit suhbatdan taqqa to'xtadiyu ortiga o'girildi. Hatto tasavvurlaridan ham go'zal, haqiqattanda farishtamonand qiz unga alam va nafrat bilan tikilib turardi. "A!.. Shu ekanda Maftuna, Ehhhh... Nimalar qilib qo'ydim" o'ylardi yigit. -Yo'q opa, biz kutayotgan yigit bu emas, tasavvurimdagi oliyjanob yigit asli bo'lmagan ekan ham, hammasi sarob! Maftuna shunday dediyu aravachadagi opasini sudrab keta boshladi. Yigit hammasini tushunib yetgandi. Bir lahzalik tubanlik, xudbinlik ko'zlarini ko'r qilib qo'yganini, endi Maftunani bir umrga yo'qotib qo'yganini tushunib yetdi. Yigit farishtasining ortidan cheksiz pushaymonlik, aybdorlik hissi va... va yana oz bo'lsada umid bilan termulib turar, Maftuna esa nogironlik aravachasidagi opasi bilan tobora undan uzoqlashib borardi.

Fikrizni qoldiring
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BiG*ViRuS)) | Vaqti: 19.05.2019 / 09:27 | O'qilgan: 188 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net