Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Nega insonga kassalik beriladi
Nega insonga kasalliklar beriladi..?

Hayotda maqsadi yo'q, noshukr, hammadan mehr kutadigan insonning boshi kasaldan chiqmaydi.

Nega bunaqa?
Chunki u DANGASA!
Kasalligi unga judayam yoqib tushayotgan bo'ladi.

Kasal bo'lish orqali hammaning mehr va e'tiborini o'ziga qaratadi. Bunday insonlarga kasallikdan foyda bor!

Ishbilarmon, lider, ijodkor insonlarni kasal bo'lishga umuman vaqti yo'q!

AGAR KASALLIK GAPIRA OLGANDA, SHUNDAY DEGAN BO'LAR EDI:

O'rningdan tur va shukr qil!

Hayotga mehr ber, ijoding mehnating bilan o'z hissangni qo'sh!

Seni yaratgan Alloh o'z vazifalaring, hayotdagi o'z o'rning bilan yaratgan!

O'z vazifangni angla, burchingni bajar! Bu hayotga bekorga kelmagansan! Senga berilgan vazifani hech kim senday bajarolmaydi!

O'z mas'uliyatingni o'zing zimmangga ol!

Jamiyatga nafing tegsin. Savobli ishlar qil.

Bu hayotda kasallik bizga nima uchun berilganini anglasak, uni qabul qilib, nolimasdan unga munosabatimizni o'zgartirsak, albatta, kasallik bizni tark etadi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BiG*ViRuS)) | Vaqti: 04.05.2019 / 14:18 | O'qilgan: 504 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика