Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Faylasuf
Bir faylasufdan: "Qanday ayolga uylanishni xohlaysiz?" deb so`raldi.
Shuñda u quydagicha javob berdi: "Uning chiroyli bo`lishini xohlamayman, mendan boshqa ta`ma qilib yurmasin.
Xunuk bo`lishini xohlamatman, nafsim undan jirjanib yurmasin.
Bo`yi uzun bo`lishini xohlamayman, boshimni unga ko`tarib gapirib yurmay.
Bo`yi kalta bo`lishini xohlamayman, boshimni unga egib gapirib yurmay.
Semiz bo`lishini xohlamayman, derazadan kiradigan shabodani to`sib yurmasin.
Oriq bo`lushini xohlamayman, uni xayol, tasavvur deb yurmay.
Rangi shamga o`xshab oriq bo`lishini xohlamayman.
Rangi sharpaga o`xshab qora bo`lishini xohlamayman.
Johila bo`lishini xohlamayman, meni tushunmay yurmasin.
Ilmli bo`lishini xohlamayman, men b.n tortishib yurmasin.
Boy bo`lishini xohlamayman, "bu mening molim" deb yurmasin.
Kambag`al bo`lishini xohlamayman, farzandlarim undan keyin baxtsiz bo`lib yurmasin".

Alqissa, faylasuf bo`ydoq holida vafot etibdi. Alloh uni rahmatiga olsin.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: admin | Vaqti: 30.04.2019 / 14:10 | O'qilgan: 190 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net