Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Otam qotil emasdiku
Mening ismim Qoya, hozir Abu
Bakr. Bugun otam mozorga,
onam esa qamoqqa ketdi. Men
oilamizning to`ng`ich
farzandiman. Men uchun jonu
jahonim, harkimim ukam yolg`iz
Chungiz (Ali) qoldi. Ajal onamning
qo`li bilan otamni olib ketdi.
Onam hibsda nima qiladi? Onam
otamni qotilimi? yoki otamni,
bolalarini, hatto jamiyatni
qutqargan fidokormi? Savollar...
javoblari bormi yoki yo`q?
Onamizni qamoqqa , otamizni
esa mozorga yo`lladik. Bu
jamiyatning tasqara
basharasidir... Bu hayot bir necha
kishini emas, otasi aroqho`r,
onasi qotil, bizning
ko`zyoshlarimiz,
mashaqqatlarimizni
bo`lishganlarni hayoti... Biz ikki
aka-uka onamizni hayotini
bilishga qiziqardik. Onajonimiz
biroz jim bo`lib qolardi. Yuzini
mashaqqat chulg`ardi. Song
g`amgin tabassum qilardi. Shu
yuz harakatlari uning dardli ayol
ekanligini anglatardi. O`sha
paytlarda bizni hafa qilmaslik
uchun bizga qaramaslikka,
yuzlarini ko`rsatmaslikka,
yashirishga urinardi. - "Otangiz
bilan oramizda beshikkerti degan
narsa bor edi. Otangiz meni
sevishini aytar, o`zlari kelishgan,
sevimli, muallimlikka mehr
qo`ygan edilar. Uylanish uchun u
paytlarda shu narsalarni o`zi
yetarli edi. Musulmonlik
ahtarmasdim, meni ham dindan
habarim yo`q edi, o`sha
paytlarda. Meni otamdan so`ratdi,
bermadilar. Meni olib qochdi, biz
turmush qurdik. Bir yilcha bahtli
yashadik. U paytlarda ham
ichardi, lekin oz ichardi. Uyda
haddan ziyod janjal ko`tarmasdi.
Keyin ichkilikka ruju` qo`ydi.
Birinchi farzandimiz qiz bo`ldi,
lekin o`ldi. Keyin sen tug`ilding.
Uch yildan so`ng Chingiz... .
Bundan keyingi hayotim har
kuni bir hil kechdi. Tayoq, zulm,
ochlik, keyin o`zlaringiz ulg`ayib
hammasini ko`rdingiz". Koshki
ulg`aymasaydik, ko`zimiz bilan
ko`rmasaydik, onajonim! Sizga
qilingan zulmlar, kaltaklarga
javoban yig`lardik. Qo`limizdan
boshqa hech narsa kelmasdi.
Otamni inson deyishimiz uchun
o`zimiz insonlikdan chiqishimiz
kerak edi. Hayvon ham
deyolmasdik... Chunki hayvon
ham bu ishlarni qilmasdi. Otamiz
inson ko`rinishidagi g`alati bir
yaratiq edi. Muallim bo`lgani
uchun maktabga borishiga
to`g`ri kelardi, lekin bormasdi.
Dars o`tishga bizlarni yuborardi.
Mudir so`rasa kasal derdik. Davlat
muallim tayyorlab, diplom beradi
va bir sinf 20-25 o`quvchini
qo`oliga topshiradi. Lekin u mast,
maktabga kelmaydi. Oilasiga
zulm qiladi, och qoldiradi. Lekin
oy boshida maoshini naqd
undirib oladi. Otan dinsiz odam
edi. Onamni ham o`z ta`siriga
olar, o`ziga o`hshatmoqchi bo`lar,
lekinonam Allohdan ko`ngil
uzmaslikka harakat qilardi.
Lekinotam onamni namoz
o`qishi, ro`za tutishiga to`sqinlik
qilardi. Doim o`tkir asboblarni
yashirib qo`yardik, bizni yaralab
yoki o`ldirib qo`yishidan
qo`rqardik. Bir kuni beso`naqay
oyog`i bilan onamni tepdi,
onamning o`ng qoshi yorilib
atrofni qonlarga bo`yadi. Otam
onamni qancha ursa ham onam
bizlarni aralashtirmasdi. Bizni
urdirmas, bor zulmu jafoni o`zi
chekardi. Lekin o`ng qoshi
yorilibhar tarafga qon tizillab
otilganida, necha yillardan buyon
ilk marta chaqirdi. - Qoya! Meni
qutqar! Qytqar boalm, menga
yordam ber! Onamni o`lib
qolishini o`yladim. Otamni ushlab
tortdim. Otam turdi, tig`li
narsalarni izladi, topolmagach
meni urdi... Otam topgan
maoshini ichkilikka sarflardi,
orada onamga ham berardi.
Bozorga borilmas, tuzukroq
ovqat ham yemasdik. Aroqxo`r
odam hayvondan ham battar
bo`larkan. Otamiz uyda
yalang`och yurar, hojathonaga
ham chiqmas, uyda, tog`oraga
yozilardi. Tog`orani ham biz yoki
onam olib kelardik. Hayvonga
o`hshab bo`kirardi. Agar
tog`orani kaltiravermasak,
uyning duch kelgan joyiga katta-
kichik yozilaverardi. Ha, bular
ichkilikni hunarlari edi... Onam
otamni o`ldirishidan bir kun
avvalgi oqshom ham u mast edi.
Onamni, meni Chingizni urdi. Daf
bo`lishimizni, yo`qsa
hammamizni o`ldirishini aytdi.
Yillar tinglagan tahdidlarimiz edi
bu. Ertalab maktabga ketdim,
shomga yaqin soat beshlarda
amakimning qahvahonasiga
o`tdim. Amakim otamni ko`rsatib:
- Eplay olmayapti, -dedi. Otam
odatdagiday mast, choy
quymoqchi bo`lar, lekin to`kib
sochardi. Otamni uyga olib
keldik. Ukam maktabda. Onam
o`tinlarni maydalab teshani
poygohda unutib qoldirgandi.
Otam ichkariga kirishi bilan
odatdagiday baqirdi. Otamni
poyafzalini yechmoqchi bo`lgan
onamni tepib yubordi. Va boltani
olib onamga tashlandi. Onam
qo`liga nogohon tushib qolgan
tesha bilan otamni boshiga urdi.
Onam kamzul kiyib eshikni
qulflab chiqqanlarida maktabdan
ukam kelgandi. Onam buni yo`lda
ukamga aytmagani uchun u
otam onamni urib
qarindosh;larinikiga ketgan deb
o`ylagan, albatta, keyinroq
hammasidan habardor bo`lgandi.
Onam vaziyatni tog`amning
o`g`liga tushuntirgach, u: - Bor,
taslim bo`l, -dedi. Onam qotil kabi
mahkamaga bordi. Holbuki,
onam qotil emas, 19 yillik azobga
nuqta qo`ygan, o`zini himoya
qilgan ayol edi. Agar onam
otamni o`ldirmaganida u onamni
o`ldirardi... Lekin voqeani halqqa
yoygan gazetalar o`zi
istagandayyolg`on yashiqni
yozmoqdalar.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: admin | Vaqti: 27.11.2018 / 20:03 | O'qilgan: 524 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net