Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Ko'zlaringni yum
Ko`zlaringni yum Ular bir-birlarini juda sevishardi. Shunchalik sevishardiki, tasavvur qila olmasdilar hayotlarini bir- birlarisiz. Ular ikkisiyu, dunyoda boshqa hech kim yoqdek tuyulardi birga bolishsa... *Kozlaringni yum* derdi har safar yigit. Shunday derdiyu qiz kozini ochganda qolida gul va chiroyli sovg'alar tutardi unga. Qiz har gal yigitdan kozlaringni yum degan sozlarni eshitganida qalbiga shu qadar sevinch tolib ketardiki, bu sevinch uning shaxlo kozlaridan nur bolib yog'ilardi yigitga. Yigit shu kozlardagi nurni sevardi. Shuning uchun har gal qizga yangi va kutilmagan narsalar sovg'a qilishga urinardi u. Shunaqa beg'ubor edi ularning muhabbatlari... Vaqtlar ?taverdi. Kun kelib, yigit uzuk xarid qildi. Uchib borgisi keldi qizning yoniga. Borsada *kozlaringni yum* desa, qiz kozlarini ochganda uzukni tutib turmushga chiqishni taklif etsa... Qiz qanchalik quvonadiya. Uchrashuv belgilandi. Qiz vaqtliroq kelib kuta boshladi. Yigit ham korindi. Qollarida qiz sevgan qip-qizil atirgullar. Oshiqlar bir-birlariga talpindilar. Yigit lablarida tabassum b-n qizga termulib kelardi. Butun hayoli qizda edi va voqe'likni bir zumga unutib q6ydi. Shu bir zumlik loqaydlik uchun taqdir uni jazoladi. Taqdir chizig'i belgilagan ekan, kochadan o'ayotgan yigitni mashina urvordi. Atirgullar havoga uchdi. Yigit ancha narida qip-qizil qonga belanib yotardi. U boshini qiz tomonga burib nigohlari b-n uni qidirdi. Qiz yig'lardi... U yugurib kelib yigitni quchog'iga oldi. *Yig'lama tentak qiz, men yaxshiman* dedi yigit qizga shivirlab. Ularning atrofida tezda odam to'plandi. Yigit bn qiz esa bir-birlariga jim termulib turardilar. *Kozlaringni yum* dedi nihoyat yigit qizga. Qiz yigit aytgandek kozlarini yumdi. Ochganida... Ochganida endi yigit yo'q edi. Ajal farishtalari bir zum kutmadilar, ishlari ham bolmadi bu go'zal sevgi bilan. Qiz umrida birinchi bor kozlarini yumganidan afsuslandi. U yig'lardi... O'ksinib yig'lardi...
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Norkuloff | Vaqti: 13.08.2018 / 05:00 | O'qilgan: 415 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net