Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Abror Azizov kordim men
Bu besh kunlik hayotda ikki ko`zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men.
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Hatto cho`g`siz, olovsiz yonganlarni ko`rdim men.
Nohaqlarning yonini, bechoraning molini,
Jon deb turib, jonini olganlarni ko`rdim men.
Amal qilmay diniga, bir marta emas kuniga
Shaytonlarni diliga solganlarni ko`rdim men.
Bu besh kunlik hayotda ikki ko`zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men.
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Hatto cho`g`siz, olovsiz yonganlarni ko`rdim men.
Begona bilan yotgan, balchiqqa dildan botgan,
Hatto badanin sotgan arzonlarni ko`rdim men.
O`zga yurtlarda yurgan, qaytib kelolmay turgan,
Peshonasiga urgan sarsonlarni ko`rdim men.
Bu besh kunlik hayotda ikki ko`zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men.
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Hatto cho`g`siz, olovsiz yonganlarni ko`rdim men.
Har kuni ichib yurgan, ichib, otasin urgan,
Ikki oyoqda yurgan hayvonlarni ko`rdim men.
Haqiqat so`z aytganda, qilganida attang-da
Bolasidan qaytganda vayronlarni ko`rdim men.
Bu besh kunlik hayotda ikki ko`zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men.
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Hatto cho`g`siz, olovsiz yonganlarni ko`rdim men.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Abu2603559 | Vaqti: 23.03.2018 / 20:57 | O'qilgan: 411 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net