Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Rustam G'oipov qo'zg'alur
Qish ketib, ko`klam kelib,
Olamda har jon qo`zg`olur.
Yez yuzinda sabzalar,
Yel birla yakson qo`zg`olur.
Bog` ichinda yelpillab,
Gul birla rayhon qo`zgolur.
Sayri gulzor etgali
Har lahza janon qo`zg`olur.
Chiqsa janon qo`zg`olib,
Jismim aro jon qo`zg`olur.
Kasb etib yangi havo ochib,
Ochib lab damda dam,
Sho`xlik birla o`zini tashlab,
O`ng-u chap damba-dam.
Har oyog`ini qo`yarga
Joy izlab damba-dam,
Yursalar, gulshanda gurungsib,
Noz aylab damba-dam.
G`unchalar ta`lim olib
Kulgini xandon qo`zg`olur.
So`zlaganda, so`zlaganda lablaridan
Dona-dona durlar sochilur.
Yuzlari, yuzlari har yonga boqib,
Toza-toza gullar ochilur.
Bo`ylaganda, bo`ylaganda har taraf,
Tovus kabi, tovus kabi yozilur.
O`ynaganda, o`ynaganda silkillab,
Yuz uzra, yuz uzra soch sochilur.
Qilg`ali yuz ming ko`ngillarni
Parishon qo`zg`olur.
Ketdi daryo, ketdi daryo qa’riga,
Durdona, durdona bu so`z rashkidan.
Kecha ochib, kecha ochib g`uncha lab,
So`lg`usi kunduz, so`lg`usi kunduz rashkidan.
Yashirinur, yashirinur qoshin ko`rib,
Suv ichra, suv ichra qunduz rashkidan.
Sakrar ohu, sakrar ohu tog`da ul,
Ko`z rashkidan, ko`z rashkidan, yuz rashkidan.
Lolalar jismida ammo
Qip-qizil qon qo`zg`olur.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Abu2603559 | Vaqti: 23.03.2018 / 20:56 | O'qilgan: 451 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net