Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Admin va Burga nolasi haqida ballada
Admin va Burga nolasi haqida ballada
[img=1370323217_540]
Yaqin o'tgan zamonda, allaqaysi
tomonda,
Odam bilmas bu zamin yashar
ekan sisadmin.
Eski kompi yonida o'ltirarkan erta
kech,
Viruslar-u yuzerlar tich
qo'ymaslar uni hech.
Xatto ba'zi vaqtlar ovqat yemas,
ichmas choy,
Bosh qashlashga yo'q fursat,
tanlamaydi uyqu joy.
Shunday kunlar birida ko'z
qizargan, qorin och
Bosh qashladi sisadmin:
(Po'stak bo'lib ketgan soch).
Monitorda hayoli, bir qo'l sichqon
qidirar,
Birida boshdan tolgan kichik
burga pitirar.
Sisadminga burgani chaqqani
qildi alam,
Jon qayg'usi ostida tilga kirdi
burga ham
* * *
— Ey odamzod bolasi! Tingla
burga nolasin!
O'ldirmagin oshnajon, bolam
yetim qolmasin!
Quloq solgin bir nafas, ko'p
sirlarni bilaman,
Qo'yib yubor sochingga, ho'p
yahshilik qilaman:"
* * *
Bunda xayron sisadmin, yelkasini
uchirar
Spikerlar ovozin goh ko'tarib
tushirar.
Esi og'ib sisadmin virtual deb
o'ylaydi,
Monitorga anqayib o'z-o'ziga
so'ylaydi:
— Ont ichaman, Windowda
bunday xato bo'lmagan,
Hattoki Bill Geyts ham bunday
burga ko'rmagan.
Kasperskiy viruslari ichida yo'q
bundog'i,
Internetda ko'p ishlab aqldan
ozdim chog'i…
* * *
O'ylanadi sisadmin, tinmay
boshin qashlaydi
Kelolmay bir qarorga burga
ko'nglin g'ashlaydi.
Ohir dedi, «Chidolmasman
burgalar ko'z yoshiga,
Boshqa halal berma,» — deb
qo'yib qo'ydi boshiga:
* * *
Kun o'tqazib sisadmin kelar
ishxonasiga,
Ko'rib eski kompini urar
peshonasiga.
— Eh, axmoqman, o'zi men,
omad kelsa bilmabman!
Hech bo'lmasa yangi komp talab
qilib olmapman!
O'sha tilla burgani mendan jonga
qarzi bor,
Qolaversa issiq joy, oshu-nonga
qarzi bor.
* * *
Bosh qashlaydi sisadmin, izlar
tilla burgani,
Topsa tilab tilagin davru-davron
surgani.
Bosh dabdala bo'lgan chog'
tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo'nadi qoq
burunning uchiga:
Deydi: «Ey olampanoh! Keching
zarra qonimni,
Menga bergansiz panox,
asragansiz jonimni.
Ne sabab bosh qashlaysiz?
Menning dilim g'ashlaysiz?
Tilang tilagingizni! Ne savdolar
boshlaysiz?!»
* * *
Admin deydi xo'rsinib: «Burga,
tushun holimni,
O'zing menga yordam qil
istasang kamolimni.
Kompyuter eskirgan, xuddi siniq
arava,
Xotirasi yo'q hisob, ichi chigal
kalava.
Vinchesterni ichiga in qurgan
bad sektorlar
Viruslarni domiga tushib qo'lgan
vektorlar.
Windowsni o'ylama, ishlar faqat
MS-DOS,
Har bitta bayt hisobda.
Ishonmaysan aytsam, do'st.
Hullas, menga Burgajon, bitta
yordam berasan,
Menga atab super zo'r
kompyuter terasan!
Yo'q deyishga shoshilma,
sexrlisan, bilaman,
Yordam qilsang bir umr senga
qulluq qilaman!»
* * *
Burga deydi: «Mayli siz
aytganizcha bo'ladi
Tashvish qilmang, sovg'amdan
xo'p ko'nglingiz to'ladi».
Shunday deb bir sakradi Burga
burun ustida,
Birdan shovqin boshlandi
Sisadminning ostida.
Kayfi o'char sisadmin, atrof
tuman chang-to'zon,
Toza havo buzilgan, ko'z
ochirmaydi bo'ron.
Bir oz o'tib sisadmin asta kelar
o'ziga,
Bo'ron tingach, qarasa…
Ishonmaydi ko'ziga:
* * *
Qarshisida yaltirab turar super
terminal
To'rtta CPU! Cheksiz RAM!
Xammasi original!
Og'zi ochiq sisadmin, hol
qolmagan turgani
Yodga kelmas «Yo Rahmon»,
unutvorgan burgani.
Shundan buyon sisadmin ishlab
sira tolmaydi
Qo'llar ikki sichqonda boshin
qashlay olmaydi.
Kun o'tdimi yoki tun farq
qilmaydi sisadmin,
Unut bo'lgan bu hayot, unut
bo'lgan bu zamin.
* * *
Shunday kunlar birida kelib fikr
boshiga
Urib qoldi sisadmin yag'ir
peshonasiga:
— O'zi yaxshi bolamanu, aqlim
oqsab qoladi
Ahir qaysi sisadmin mendek
maosh oladi,
Erta-yu kech yuzerlar tegib ketar
jonimga
Xar tomondan vuruslar tashna
qilar qonimga.
Bir tomonda eski modem, tezlik
sira oshmaydi
Ahir bunday internetda kimda
sabr toshmaydi?
* * *
Bosh qashlaydi sisadmin izlar tilla
burgani
Topsa tilab tilagin davru-davron
surgani.
Bosh dabdala bo'lgan chog'
tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo'nadi qoq
burunning uchiga:
Deydi «Ne gap? Ey do'stim, nega
boshing qashlaysan?
Nega holing parishon, mening
dilim g'ashlaysan?!
* * *
Admin deydi xo'rsinib: „Burga
tushun holimni
O'zing menga yordam qil
istasang kamolimni“.
* * *
Shunday deya sisadmin dardin
to'kib soladi
Burga esa tilagini inobatga oladi.
Burga sakrab joyidan ko'tarilar
chang to'zon
Bo'lgan o'zgarishlarni bizga
aytmoqqa oson.
* * *
Sisadminning bitta ham
tarmog'ida yuzer yo'q,
Antivirus kerak emas viruslardan
ko'ngli to'q.
Bill Geytsning o'zi unga dastur
yozib beradi,
O'sha Linus Torvalds drayverlar
teradi.
Hatto mashhur IBM unga qaram
ishlaydi
Dam olganda virtual Alyaskada
qishlaydi.
Bir yonda 3D qizlar puldan gullar
dastalar
Yonida virtual Bax unga qo'shiq
bastalar.
Xullas kalom ishlar besh, davron
surar sisadmin
Xatto uning nomiga o'tkazildi bu
Zamin.
Shunday… Qaxramonimiz,
ishlamaydi, tolmaydi,
Qo'llar botgan oltinga, boshin
qashlay olmaydi.
* * *
Bir kuni kayf holiga fikr kelib
boshiga
Urib qoldi sisadmin yana
peshonasiga.
Endi boshi qashlamas. Chaqiradi
burgani
Ko'tarilgan burnida yana uni
ko'rgani.
* * *
Burga kelar bag'ri hun, holi
qurigan butun,
(toza joyda yashashdan ne foyda
burga uchun?!)
Iltimosni unutgan, sisadmin do'q
qiladi
Burnidagi burgani oyog'idan
iladi:
-Endi burga, oshnajon, xamma
ishni bilasan
Bugun bitta maslahatli vazifani
qilasan.
Yalinmoqlik burgaga obro'yimga
xos emas,
Yana bundan tashqari turqimiz
ham mos emas.
Xatto chidab kelganmiz,
yashasang ham boshimda,
Endi qo'lni qovushtirib turgin
mening qoshimda.
»Vinchestering" eskirgan,
hotirangga ishonch yo'q,
«Birdan o'lib qolsa» deb
bo'lolmaydi ko'nglim to'q.
Xullas, Burga, oshnajon, sirni
menga aytasan!
Shunda yana boshimga eson
omon qaytasan.
* * *
Burga deydi: Ey gumroh,
ko'ngling neni istaydi?
Rost. Orzuga ayb yo'q! Faqat
kulgim qistaydi.
Mayli deydi, sen aytgan xar ish
bo'lsin iloyim,
Faqat, shoxni gadodan qarz
qilmasin Hudoyim.
* * *
Shunday deya sakradi Burga
admin qo'lida
Faqat qoldi chang-to'zon uning
ketgan yo'lida.
Tuman tushib olamga, ko'kni
bulut qopladi,
Bo'ron bo'lib, yog'ib do'l,
xammayoqni bopladi.
Ko'z ocholmas sisadmin ko'zga
xas-cho'p tiqilgan
Quyun ilib oyog'in, bir chekkada
yiqilgan.
* * *
Ko'kda chaqmoq tinadi… Bulut
chetga qochadi…
Quyosh bilan sisadmin asta
ko'zin ochadi…
* * *
Atrof jim-jit, sokinlik… Zulmatga
botgan zamin…
Eski kompi yonida o'tiribdi kal
admin…
* * *
Ayo do'stlar kulmangiz,
Sisadminning holiga
Toki tushib qolmaylik biz uning
axvoliga!
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 04.06.2013 / 10:24 | O'qilgan: 1316 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net