Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Agar ko'zingiz og'risa
Yong'oq mag'zini ko'zga surtsangiz, ko'zdan yosh oqishini qoldiradi. Quyon qonini ko'zga tortilsa, ko'zdagi yosh oqishini va uning qichishini qoldiradi. Odamzod sochini kuydirib, kulini kichigan ko'zga surtilsa, dard qoladi. Qaldirg'och go'shtini tanavvul qilsangiz ko'zingiz ravshan bo'ladi. Loviyani havonchada yanchib surma kabi ko'zga surtsangiz, kiprikning ichga usishini yo'qotadi. Loviya asal bilan aralashtirilib ko'zga bog'lansa, ko'z milklarining qizarishini va shishini yo'qotadi. Sunbula (ferula) ni qaynatib suvi bilan yuvilsa, kizilligini yo'qotadi. Moychechak (romashka) gulidan suv bilan ko'zga tomizsangiz ko'z og'rig'i qoladi. Lola suvidan ko'zga tomizilsa ko'z og'rig'ini va yarasini tuzatadi. Chayonni kuydirib kulini ko'zga surtilca ko'z zaifligini yo'qotadi. Oq echkining buyragini kabob qilib kabobdan oqqan qatra selini ko'zga tomizilsa, ko'z illatini quvadi, ko'zni musaffo va nurli qiladi, ko'z qorong'uligini va shabkurlikni ketkazadi. Ko'zning yallig'lanishiga qarshi hamda zararsizlantiruvchi beozor omil sifatila bo'tako'z gullari asosida tayyorlanadigan damlamalardan foydalanish mumkin. Buning uchun 1-2 choy qoshiq miqdordagi bo'tako'z gullari yarim choynak (200 g) qaynoq suv bilan 1 soat davomida (Birorta mato bilan o'ralgan xolda) damlanadida ko'zga malham sifatida foydalaniladi. Mabodo ko'z yallig'lanadigan bo'lsa moychechak giyohi hamda gullari asosida tayyorlanadigan damlama bilan yuvish yaxshi natija beradi. Buning uchun 2 osh qoshiq miqdorida giyoh mahsulotlaridan olib yarim choinak qaynoq suv bilan 1 soat davomida damlanadi so'ngra sharbatni suzib olib ko'zni yuvish uchun foydalaniladi. Ko'z silliq pardasining yallig'lanishiga qizil maymunjon bargini pokizalangan xolda qo'yilishi dardni yengillashtiradi. Yumshoq xom zira suvida bir necha marotaba ko'zga surtilsa ko'z oqi tuzaladi. Har kim saharda besh dona sholg'om pishirib yesa ko'zi ravshan bo'ladi. Lola suvi bilan asalni aralashtirib surtsangiz ko'zdagi oq tuzaladi. Oq piyozni ezib emizikli ayol suti bilan qo'shib uch marotaba ko'zga tomizilsa, ko'z oqi ketadi. Tuya jigariga murch, qalampir sepib kabob qilib pishirayotganda kabobdan oqayotgan suvdan ko'zga surtilsa shabkurlikni yo'qotadi. Pati endi chiqayotgan kabutar bolasi qonini ko'zga surtsangiz shabko'rlikdan qutilasiz. Xantal (gorchisa) ning xo'l urug''ini xovanchada yanchib, suvini siqib olib quritilsa, so'ng surma kabi ko'zga surtilsa, ko'zning barcha dardlariga davo bo'ladi. Anjir ko'karib turgan paytda shoxi sindirilsa yoki bargi yulinsa, shira chiqadi. Usha shiradan ko'zga surtilsa yoki tomizilsa, ko'zni qoraytirib turgan pardasini yo'qotadi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: sword | Vaqti: 22.10.2015 / 21:59 | O'qilgan: 800 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net