Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Agar tomog'ingiz og'risa
Erqalampir ildizlarini maydalab, undan damlama tayyorlanadi. So'ng u bilan tomoq chayilib g'apg'ara qilinadi. Maymunjon barglari yohud to'rt choyqoshigida olib, uning ustiga 2 stakan miqdorida qaynoq suv solinib, og'zi yopilgan xolda bir soat davomida damlanadi. Iliq xolida sharbatidan yarim piyola miqdorida to'rt mahal ichiladi. Tomoq og'rig'ini qoldirish maqsadida bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi to'rt qoshiq tuz, to'rt tomchi yod tindirmasi (yod nastoykasi) solib og'iz bo'shlig'i, tomoq g'arg'ara qilinadi. Xantal (gorchisa) suvi bilan og'iz bo'shlig'i g'arg'ara qilinadigan bo'lsa, tomoq og'rig'idan forig'' bo'linadi. Tomog'i og'riyotgan bemor moychechak (romashka) hamda qonchup (chistotel) aralashmasidan quyuq damlama tayyorlab, iliq xolida og'iz chayib, g'arg'ara qilib tursa tomoq og'rig'ini butunlay tuzatadi. Murtak bezlari yalliglanish arafasida bo'lsa, tozalangan kerosinga paxta piliqchasini namlab, tomoqqa har yarim soatda surtib turiladigan bo'lsa, bir kun orasida darddan forig' bo'lasiz. Nilufar ildizidan ozginasini og'izga solib tursangiz, tomoq dardidan qutulasiz. Turpni suvda qaynatib, u suvni sirka solingan asal bilan qo'shib ichilsa, eng og'ir tomoq kasalini ham tuzatadi. Sarimsoqning boshpiyozini bir kecha-kunduz sirkada ho'llab, usha sirka bilan g'arg'ara qilinsa, tomoqning og'ir dardini ham xolos qiladi. Anjir mevalarining qaynatmasidan ichib turiladigan bo'lsa, murtak bezlarining yallig'lanishiga xotima beradi. Boshpiyozning maydalangan quruq po'stlogidan uch choy qoshiq olinib, bir stakan suv bilan to'rt soat davomida damlangach suzilib sharbati bilan og'iz chayiladigan bo'lsa, tomoq og'rig'iga tasalli beradi. Bir chimdim achchiq tosh suvda eritilib iliq holda tomoq g'arg'ara qilib turilsa tez orada tomoq og'rishi to'xtaydi. Bir choy qoshiq barot kislotasini 1 stakan suvda eritib, iliq xolda tomoq g'arg'ara qilib turilsa, tez orada tomoq og'rishi to'xtaydi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: sword | Vaqti: 22.10.2015 / 21:57 | O'qilgan: 942 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net