Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Bolajonlarning sevgi haqidagi qarashlari
Bolajonlarning sevgi haqidagi qarashlari.

-Sevgi nima?

Birinchi bolakay: "Sevgi bu-o'zim sovuq qotishimni bilsam-da,kurtkamni singlimga kiydirib qo'yishim".

Boshqa bolakay: "Singlim sumkamdagi shokoladimni mendan so'ramay olib qo'yishini bilsam-da,har kun yana boshqasini uning o'rniga solib qo'yishim-sevgi".

6 yoshli qizchaning javobi: "Sevgi bu-tishlaringdan bir nechtasi tushsa ham tabassum qilaverish(chunki,nimangdir yo'q bo'lsa ham do'stlaring seni sevaverishlarini bilasan)".

7 yoshli bolakay sevgi haqida: "Agar sevgi o'qishni o'rganishga o'xshagan narsa bo'lsa,unda men uni o'rganmayman.Chunki juda ko'p vaqtimni oladi".
O'ylab qarasam,sevgini shu bolalarchalik ta'riflay ololmas ekanman.Balki,hali sevib ulgurmaganimdandir)
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: sword | Vaqti: 30.09.2015 / 20:52 | O'qilgan: 1099 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net