Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Xobbiyingiz yo'qmi? topishga yordam beramiz!
Psixologlar hayotimizni yaxshi tomonga
o’zgartirishimizda, unga ma’no
qo’shishimiz uchun o’z xobbimizga ega
bo’lishimizni tavsiya qilishadi. To’gri,
xobbi uchun turli narsalar o’lja bo’lishi
mumkin. Ammo uni amalga oshirish biroz
qiyin kechishi mumkin.

Xo’sh, unda
qanday qilib hayotimizga yorqin ranglar
qo’shadigan to’gri xobbi tanlasak bo’ladi?
Quyida berilgan tavsiyada bu haqida
aytib o’tilgan. O’qing, ishonamiz bu
tavsiyalar albatta sizga qo’l keladi.

Tavsiyalar: 1 - Qadam:
Atrofingizda turli
tuman qiziqarli odamlar . Ular bilan
suhbatlashing, ularning xobbilari bilan
tanishing. Xaqiqatanda o’z xobbisini
yaxshi ko’rgan odam bu haqida
boshqalarga bajonidil aytib beradi.
Qayerdan bilasiz, suhbatdoshingizning
xobbisi sizni ham ilxomlantirib, siz ham
o’sha xobbini tadbiq qilib ko’rarsiz.

Yaxshi manabunday qilaylik: siz bir
varoq olingda, tanish-bilishlaringizning
xobbisini o’sha qog’ozga tushuring.
Hohlasangiz, bu ro’yxatdagilardan birini
o’zingiz uchun tanlashingiz mumkin, yoki
bo’lmasa, ularni ko’rib chiqqandan so’ng
sizga ham biror original g’oya kelib
qolar.

2 - Qadam: yaxshi ko’rgan
kinolaringizni va kitoblaringizni ko’zdan
kechiring, balki o’sha yerda biror qiziq
xobbi haqida gapirilgandir. Albatta,
barchamizga ma’lum, kino va kitobdagi
so’zlar hayotdagi xaqiqiylikdan biroz
uzoq bo’lishi mumkin, ammo aytishadiku
chiqmagan jondan umid deb. Umid
qilamiz, ular orasidan sizga yoqadigan
biror xobbi topiladi.

3 - Qadam: bilimingiz
oshiradigan, foydali dasturlani tomosha
qiling. Ularda tez-tez antiqa odamlar va
o’zgacha xobbilar haqida gapirishadi.
Ulardan mosini o’zingiz uchun tanlab
hayotga tadbiq etsangiz bo’ladi.

4 - Qadam: eng so’ngi qadam, bunda
bolalikdagi orzularingizni va
hayollaringizni yodga oling. Bolalikdagi
orzular – xobbi uchun eng maroqlisidir.
Balki, bolaligingizda onangizdan otga
minishni so’ragandirsiz, qani o’sha orzuni
endi ushaltirib ko’ring. Ehtimol, siz o’z
gitarangizga ega bo’lishni istagandirsiz?
Qidiring va o’zingiz istagan gitarani
topib, uni chalishni o’rganing.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 13.09.2015 / 13:32 | O'qilgan: 1237 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net