Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Kayfiyat ko'tarishning yo'llari
Agar kayfiyatingiz yomon bo’lsa, uni
yaxshilashga harakat qiling. Bir nuqtada
qotib qolmang. O’zingizni o’nglashga
intiling, kayfiyatingizni ko’tarishga
sababchi bo’ladigan yo’llarni axtaring.
Axir o'zingiz haqingizda o'zingiz
qayg'urmasangiz, boshqalardan nima
kutish mumkin? Shunday ekan o'z
ustimizda ishlashni o'rganaylik. Kayfiyat
ko’tarishning yo’llari: 1 Avvalo, har doim
sizda yaxshi kayfiyat bo’lishi uchun,
o’zingizni boshqarishni o’rganing. Har
narsaga hafa bo’lavermang.
Yaqinlaringizdan araz qilib o’tirish
yaramaydi - ularni kechirishni o’rganing.
Kechirish – birinchi o’rinda o’z qalbingizni
yomon hislardan tozalash va o’zingizga
ruhiy azob bermaslikning bir yo’li
hisoblanadi. 2 Dunyoga kulgu bilan
qarang. Xatto eng og’ir damlarda ham
tabassum qiling va shunday deng: “Bu
ham o’tib ketadi!” Agar bu gapga chin
dildan o’zingizni ishontirsangiz, eng
yomon narsa ham juda yengil o’tadi. 3
Kuni bilan uyda o’tirmang, ko’chaga
chiqing, ishga boring. Do’stlaringiz
orasida bo’ling. Ishonaman, ozingizni
chalg’itsangiz kayfiyatingiz yomon
bo’lmaydi. 4 Hayotingizga yangilik olib
kiring. Psixologlar shuni maslahat
berishadiki, vaqti-vaqti bilan
hayotingizdagi odatlangan narsalaringizni
o’zgartirib turing. Masalan, yangi xobbi
toping, yoki kiyinish uslubingizni,
qiyofangizni o’zgartiring.
Garderobingizdagi kiyimlarni yangilang.
Yorqin ranglar tanlang. Bunday
o’zgarishlar kayfiyatingizni ko’tarilishiga
yordam beradi. 5 O’zingizga hordiq
berishni o’rganing. Ish davomida yoki uy
ishlarida biror bir vazifani
tugatganingizda o’zingizni taqdirlang.
“Balli, men shu ishni uddaladim, bugungi
vazifalarimdan birini bajardim, men
kuchliman” deng va yoqimli narsalar
haqida o’ylang. Masalan, do’stlaringiz
bilan o’tirgan zavqli oqshomni yoki
suyukli yoringiz bilan birga yegan kechki
ovqat haqida eslang. Hidli shamlarni
tassavur qiling va iforini his qiling. 6
Kayfiyatni ko’taruvchi mevalar iste’mol
qiling: mandarin, apelsin, limon,
bergamotli choy. Ularning tarkibida efir
yog’i bo’lib, kayfiyat ko’tarilishida
yordam beradi. 7 Dush qabul qiling. Suv
tanani dam olishida va hordiq
chiqarishida ko’maklashadi, hayotiy
aktivligi(tonusi)ni oshiradi va kayfiyatni
ko’taradi. 8 Perspekitava tug’usini
saqlashga harakat qiling, ya’ni bu
degani istiqbolga ishoning. Hayot bu
obi-havoga o’xshaydi, bugun kunimiz
bulutli bo’lsa, ertaga quyosh charaqlab
chiqadi. Shunday ekan, ertangi quyoshli
kunga ishoning. 9 Agar yotgingiz kelsa,
uxlashni istasangiz – yaxshisi, buni
qilmaganingiz ma’qul. Yotish –
kayfiyatingizni buzgan narsalar haqida
o’ylash degani. Undan ko’ra, harakatli ish
bilan shug’ullaning. Harakat
qilganingizda sizning emotsiyalaringiz
ham harakatga tushadi. Shunday ekan,
kino ko’ring, uyingizni tozalang, biror bir
jismoniy ish bilan shug’ullaning. Bular
hafagarchilikni unutib, kayfiyatingizni
ko’tarishda ko’maklashadi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 13.09.2015 / 13:29 | O'qilgan: 1186 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net