Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?
Hozir soch to'kilishiga qarshi juda ko'p
vositalar ishlab chiqilgan. Bunday
vositalarning ommabop bo'lib ketayotgani
zamonaviy dunyomizdagi ko'plab
omillarga bog'liq: ekologik vaziyatning
yomonlashuvi, oziq-ovqat mahsulotlari
qimmatliligining tushib ketishi, stress va
kishilarning yomon salomatligi ko'payib
borayotgani.

Sochlarning kuchli to'kilishiga faqat
trixolog shifokor tashhis qo'yishi va
davolashi mumkin. Odamlar asosan
avitaminoz yoki turli surunkali
kasalliklarning kuchayishi tufayli
mavsumiy soch to'kilishidan shikoyat
qilishadi.

Soch to'kilishiga qarshi xalq tabobati
vositalari esa salonlarga bormasdan,
sochlarini uyda mustahkam qilmoqchi
bo'lgan kishilar orasida juda
ommabopdir. Quyida sochlaringizni ko'p
to'kilishdan saqlaydigan, ularni chiroyli,
jiloga boy va qalin qiladigan bir nechta
retseptlarni keltiramiz. Ularni bemalol
uyda qilishingiz mumkin.: Sochingiz juda
yog'li bo'lsa, yuvilgan va quritilgan
sochlarga va boshga qichitqi o't
(krapiva) damlamasini surish kerak
bo'ladi. Buning uchun bir osh qoshiq
qichitqi o'tga bir stakan qaynab turgan
suv quyiladi, damlanib qo'yiladi va keyin
dokada suzib olinadi.

Ovqatdan oldin yangi uzilgan piyozni
iste'mol qilish zaif sochlarni
mustahkamlaydi. Sochlar to'kilishiga
qarshi ishlatiladigan yog'ni (masalan,
sochlarni yuvishdan bir yoki yarim soat
oldin chakamug' yog'i, zaytun yog'i)
sochlarning iltiziga ishqalab surtish
kerak. Shuningdek, buning uchun
kanakunjut nastoykasi ham xuddi
shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 13.09.2015 / 13:19 | O'qilgan: 1080 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net