Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Soch parvarishi qoidalari
Soch ham bir husn hisoblanadi.
Sochimizning qanchalik sog’lom
ko’rinishi, organizmimizning
shunchalik sog’lomligidan darak
beradi. Ayni sovuq kunlarda
sochimizning ko’rinishi yomonlashishi
va to’kilishi bizni bezovta qilishi
tayin, shuning uchun sizlarga
ko’maklashish maqsadida soch
parvarishida as qotuvchi bir necha
qoidalarni aytib o’tamiz. Ularni sinab, sochlaringizga yanada ko’rk bering.

Soch parvarishlash qoidalari:
100 gramm qatiq, bir dona tuxum va 1 choy qoshiq kakao kukunini
aralashtirib, soch ildiziga surting.
So’ng boshingizga polietilen
qalpoqcha ,kiyib oling, 1 soatdan
keyin sochingizni iliq suvda chayasiz. Bu niqob sochingizni
qalinlashtiradi.Sochlaringizga
surtilgan niqob foyda berishi uchun
ularni 2-3 oy mobaynida haftada
xech bo’lmaganda 1 marta qo’llash
lozim.Sochlaringiz nosog’lomligi
yaqqol ko’zga tashlansa, bu
niqoblardan haftada 2-3 marta
foydalaning. xabarlar.ru Sochlaringizni gullashini
oldini olish uchun, uni yuvib bo’lgach,
qurib ulgurmasidan tarash lozim.Soch gullashininh asosiy sababi, uni tez va qo’pol tarash bilan bog’liq. Shuning uchun sochlarni
shoshilmasdan, ohista harakatlar
bilan tarang.Agar sochlaringiz kalta kesilgan bo’lsa, uni fen bilan
turmaklayotganda, taroqni soch
o’sishga qarshi yo’naltiring. Maboda turmakni yaxshilab qotirmoqchi bo’lsangiz, lak-spreyni faqat soch uchiga seping.Kaskad soch kesimini sochi to’lqinsimon yoki jingalak
ayollar kestirmagani ma’qul. Sochlar hamisha u yer-bu yerdan chiqib turgani bois biror turmakka solish qiyin bo’ladi. Bu kesim sochi tekis va quyuq bo’lgan xotin-qizlarga ko’proq mos keladi.Guruch yuvilgan
suv sochni jilolanishida yordam
beradi. Guruchni yuvgach, suvini
tindirib qo’yish kerak va toza sochni ustidan quyiladi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 13.09.2015 / 13:18 | O'qilgan: 1266 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net