Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Yong‘oq – jinsiy quvvatni oshiradi
Abu Ali ibn Sino yong‘oq haqida
shunday degan: “Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi bo‘lib, qon oqishiga qarshi foydasi bor. Yog‘i el yaraga, saramasga va ko‘z atrofidagi yaralarga malham bo‘ladi. Yong‘oqning murabbosi mijozi sovuq me’da uchun (buyrakka ham) foydali, gijjalarni haydaydi”. Ulug‘ tabib barg shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan.
Po‘stidan tayyorlangan o'qaynatmani bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.Yong‘oq mag‘zi tarkibida yog‘, oqsil, temir va kobalьt, vitaminlardan S, A, R, E singarilar mavjud.

Mevaning mag‘zi erkaklarda jinsiy
quvvatni oshiradi, buning uchun
kuniga 10-12 dona yong‘oq eb turish
kerak. Ayniqsa, mag‘zini maydalab
asal bilan aralashtirib kuniga 3-4
osh qoshiqdan eb turilsa, tanaga
quvvat beradi. Shuningdek, prostata
bezi yallig‘lanishi, adenoma,
oshqozon-ichak, jigar va buyrak
kasalliklarining oldini olishda ham
yong‘oq eyish tavsiya qilinadi.
Ateroskleroz, yurak-qon tomir
dardlari, semizlik, anemiyaga duchor
bo‘lishni istamaganlar uchun yong‘oq
bebaho ko‘makchidir. Mag‘zidagi
fosfor va kalьtsiy homilador
ayollarga va bolalarga raxitning
oldini olishda foydalidir. Unda magniy
ham mavjud, tomirlarni kengaytirish
va siydik haydash xususiyatiga ega. Kislota ko‘pligi bilan kechadigan gastritda kuniga 7-10 dona yong‘oq chaqib eyish kerak. O‘t yo‘llari kasalliklarida esa kuniga 3-4 mahal 25 gramm mag‘iz eyish tavsiya
etiladi. Yangi bargini siqib, suvini
terining zamburug‘li kasalliklarida
ishlatish mumkin.

Muhammad Husayn ibn Muhammad
al-Oqiliy “Davolar xazinasi” asarida
yong‘oqning badanni yumshatishi,
qattiq moddalarni so‘rib olishi, me’da
ishini yaxshilashi, miya, yurak va
jigarni mustahkamlashini aytgan.
Xalq tabobatida yong‘oq bargi
shirasini temiratkida, ekzema, har xil
turdagi teri sili, yuqumli, yiringli
kasalliklarida davo sifatida
ishlatilgan. Barg damlamasi tepki,
teri kasalligida, raxitda, ich
ketganda naf beradi. Ichak
disbakteriozida 10 gramm quritilgan
yong‘oq bargi 1 litr qaynagan suvda
15 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga
3 stakan ichiladi. Gijjalarni tushirish
uchun 1 oshqoshiq quritilgan
yong‘oq bargini bir stakan suvga
solib, o‘rab qo‘ying, 2 soat o‘tgach
suziladi va kuniga 3-4 mahal 1 choy
qoshiqdan ichiladi. Agar qo‘l tez-tez
terlasa yong‘oq bargi qaynatilgan
suvda yuvish lozim. Milk
yallig‘langanda esa bargdan
tayyorlangan damlamada og‘izni
chayish lozim.Yong‘oq bargidan
fitonitsid va ambar moylari hidi anqib turishi tufayli issiq yoz kunlarida
tagida uxlash mumkin emas.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 13.09.2015 / 13:15 | O'qilgan: 2013 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net