Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Eng ko'p yashovchi davlatlar
Aholining o'rtacha umr ko'rish
ko'rsatkichini aniqlash maqsadida
g'arb mutaxassislari navbatdagi
statistik-kuzatuv tadqiqotlarini olib
bordilar. Yig'ilgan ma'lumotlar
asosida tuzilgan reyting ma'lum
mamlakat aholisining o'rtacha umr
ko'rish darajasini aniqlab beradi.

Bunday tadqiqotlarni olib borishda
tahlil bir yilda tug'ilgan kishilar
doirasida olib boriladi. Aholining
o'rtacha umr ko'rish darajasi
mamlakatdagi umumiy yashash
sharoitini ham ko'rsatib beradi. xabarlar.ru Ayrim
mutaxassislar uchun bunday
ma'lumotlar biror mamlakatga inson
omili uchun kiritilgan sarmoyaning
potentsial foydasi qay darajada
bo'lishi mumkinligining ko'rsatkichidir.

To'g'ri, mazkur reytingda ayrim
mamlakatlardagi haqiqiy holat aks
etmagan bo'lishi mumkin. Masalan,
Iroqda. Negaki, bu mamlakatdagi
AQSh va ittifoqchilarning harbiy
harakatlaridan so'ng yuzaga kelgan demografik o'zgarishlar inobatga olinmagan. Biroq aksariyat davlatlar uchun mazkur reyting muhim bo'lib xabarlar.ru
qolaveradi. Chunki dunyoning boshqa mintaqalarida demografik vaziyatni o'zgartirib yuborgan hech qanday global voqea kuzatilmadi.

"Biz eng ko'p yashaymiz"…

Reyting natijalari shuni ko'rsatadiki, uzoq umr ko'rish imkoniyati, xususan, yuqori turmush darajasi Andorra
aholisiga nasib etgan — mamlakat
fuqarosi o'rtacha 83,5 yoshdan kam umr ko'rmaydi.

Makao va San-Marinodagi ko'rsatkichlar ham shunga yaqin–ular ro'yxatning ikkinchi va
uchinchi o'rnini egallagan Ahamiyatlisi shundaki, faqatgina
mana shu uch davlatdagina o'rtacha xabarlar.ru umr ko'rish darajasi 81 yoshdan
oshadi. Hatto birinchi beshlikni
yakunlovchi Singapurda ham kishilar o'rtacha 80,42 yosh umr ko'radi. Vaholanki, bu mamlakatning ekologik
shart-sharoiti a'lo darajada.

Yevropa atigi 14-o'rinda

Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida
birinchi o‘rinni Shvetsiya egallagan.
Ittifoq tarkibidagi davlatlardan faqat Italiyagina unga yaqinroq (14-o'rin, 79,4 yosh). Birinchi yigirmatalikka ulardan tashqari Frantsiya hamda xabarlar.ru
Ispaniya kiritilgan–16 va 19-o'rinlar
(79,28 va 79,23 yosh).

Sharqiy Yevropada esa bu borada
Sloveniya yetakchilik qilmoqda — 64- o'rin va 75,5 yosh. 69-o'rinda
Chexiya, 71-o'rinda Makedoniya, 72-o'rinda Slovakiya, 75-o'rinda
Xorvatiya, 79-o'rinda Serbiya va
Chernogoriya, 80-o'rinda Polsha
(73,91 yosh).

Urushlar ko'p bo'lgani bilan…...
21-o'rinda Isroil. Bu mamlakatda
tug'ilganlar Yaqin Sharqdagi isroil-
falastin kelishmovliklariga qaramay
79 yoshdan ortiq umr ko'rish
imkoniyatiga ega. Qizig'i shundaki,
Isroilga shundoqqina qo‘shni bo'lgan Falastin hududlarida ko'rsatkichlar ancha past. Ro'yxatning 88-o'rnida
turgan mamlakatda aholining o'rtacha yoshi 72,68 yoshni tashkil etadi.

O'layotganlar tug'ilayotganlardan
ko'p O'rtacha umr ko'rish darajasining eng past ko'rsatkichlari Afrika xabarlarru
mamlakatlariga tegishli. Mazkur
davlatlarda aholi zichligi, ekologik
sharoitning og'irligi, fuqarolar urushi
va kasalliklar tufayli o'lim darajasi
juda yuqori. Reyting natijalari ham
buni tasdiqlaydi. Ro'yxatning oxirgi
to'rtta o'ntaligini aksariyat Afrika mamlakatlari
egallagan. Mozambik ushbu ro'yxatni
yakunlovchi davlatdir. Bu yerda
aholining o'rtacha umr ko'rish
darajasi atigi 31,3 yosh.

N Davlat nomi O'rtacha yosh
1. Andorra 83.49
2. Makao 81.87
3. San-Marino 81.43
4. Yaponiya 80.93
5. Singapur 80.42
6. Avstraliya 80.13
7. Gernsi (Brit.) 80.04
8. Shveytsariya 79.99
9. Shvetsiya 79.97
10. Gonkong 79.93
11. Kanada 79.83
12. Islandiya 79.8
13. Kaymanov o-ri 79.67
14. Italiya 79.4
15. Gibraltar (Brit.) 79.38
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 13.09.2015 / 13:11 | O'qilgan: 1309 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net