Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Rak-saratonga davo izlab...
Amerikada yangi tadqiqotlar
Amerika ilm maskanlarida rak-
saratonni davolash ustida tadqiqotlar davom etyapti. Klinik sinovlarda bio-texnologiyalar tobora kengroq qo'llanilmoqda. Bugun rakka qarshi dori-darmon va muolaja usullari xilma-
xil. Gap ularning qay biri effektiv
ekanini aniqlashda. Organizmda o'sma kattalashgan sari
uning hujayralari qon oqimiga o'ta
boshlaydi. Analizlar buni imkon
boricha tezroq aniqlashi zarur. Shu
yo'l bilan kasallikning oldini olsa
bo'ladi. "Lekin qon oqimida yana
milliardlab boshqa hujayralar borki,
aynan bizga keraklisini ajratib olish
oson emas",- deydi Massachussetts
kasalxonasi shifokori Dennis Xaber..
Yangi texnologiya bu ishni uddalasa
ajabmas. Bunda maxsus yelim bilan
qoplangan mikrochip qo'llanadi. "Qon bu asbobdan o'tkazilganda, rak hujayrasini o'zi aniqlaydi va ular chipga yopishadi",- deydi Mexmet Toner, Massachussetts
kasalxonasining yana bir doktori.
Ushbu texnologiya yordamida
organizmdagi saraton hujayralari turi va sonini o'lchash mumkin. Maqsad - muolaja bemorga yordam berayaptimi-yo'qmi, shuni aniqlash, (xabarlar.ru Maqolalar olami) deydi doktor Elmer Uerta, Amerika Saraton Jamiyati sobiq prezidenti. "Terapiya natija berayotgan bo'lsa, o'sma kichrayib borishi va bu rentgen va skanerda ko'rinishi kerak". Biroq
ba'zida muolaja samarasini biopsiya
va rentgenda ham ko'ra olmaysiz. Bu orada o'sma kattalashib, bemor vaqt yutqazayotgan bo'lishi mumkin. Yangi (xabarlar.ru Maqolalar olami) sinov esa saraton ketmaganini darrov
ko'rsatadi. Foydali tarafi - bemor
qanchalik sog'aygani haqida shifokor aniq ma'lumotga ega bo'ladi va
shunga qarab ish tutadi. Saraton
organizmga qaytganini bu
texnologiya yordamida erta aniqlay olsak, yangi dorilar bilan uning darrov oldini olsa bo'ladi. Greg Vertos rakning o'gir turiga
chalingan. Bostonda davolanaypti.
"Shifo topaman desangiz, maslahatim: kasallikni vaqtida aniqlab, muolajani
tezroq boshlang", - deydi bemor.
Klinik sinovlarda hozircha faqat
saraton bemorlari qatnashyapti. Bu
kasallikka chalinmagan odamlar ham o'zini tekshirsa bo'ladimi degan
savolga, vrachlar "hozircha yo'q", deb javob beradi. Rak hujayrasi har bir inson organizmida bor narsa, ular sizga ziyon qilayotgani yo'q.
Bu yangicha usul bilan ularni
aniqlasa bo'ladi, lekin odamlar
davolananishim kerak ekan deb
vahimaga tushmasin deymiz. Sinov
muddati 5 yil deb belgilangan. Doktor Elmer Uerta tibbiy ko'rikdan o'tib turishni maslahat beradi. "Rakni davolash usullari yil sayin o'tkirlashib boryapti. Unutmangki, boshida belgisiz kechib, keyinchalik avj oladigan xastalik bu. Mukammal bo'lmasada, erta aniqlash yo'llari o'sha-o'sha - mazok, mammogramma,
kolonoskopiya, prostata tekshiruvlari
va umuman profilaktik ko'riklardan
o'tib turish kerak",- deydi doktor
Uerta. Tadqiqotchilar yangi texnologiya sinovdan o'tgach keng qo'llanishiga umid bog'lagan.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 13.09.2015 / 09:18 | O'qilgan: 876 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net