Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Anroidlarni blakirofkadan ochishning 5 ta usuli
Hujandiy
Foto: Hujandiy


Hayotda ba'zan inson xotirasi
pand berib qo'yadi. Himoya
uchun terilgan raqam yoki
belgilar esimizdan chiqib qolib,
telefonimiz eng kerakli
vaziyatlarda qo'lflanib qolsa nima
qilamiz? Parolni olib tashlash yo'li
bormi? Ushbu maqola parolni uchirish haqida…

Birinchi usul (Eng oddiysi).
Blokirovka bo'lgan telefonga
ko'ng'iroq qiling. Chaqiruvga
javob bering va «Home»
tugmasini bosing. Shunda
chaqiruv oynasi yopilib «Home«
ekranga qaytishi kerak. Shundan
so'ng “nastroyka”ga kirib grafik
kodni o'chirib tashlang.
Ikkinchi usul
Agar smartfoningiz blokirovka
holatiga tushgan bo'lsa, Google
akkauntingiz orqali uni
muammosiz tiklash mumkin.
Sizning akkauntingizga Gmail
pochta bog'langan bo'ladi. Gmail
pochtaning login hamda paroli
tiklash uchun kifoya qiladi. Kodni
5 marta noto'g'ri kiritilganidan
so'ng ekranga «keyinroq urinib
ko'ring” degan yozuv chiqadi.
Ekranning pastki qismida esa
«Grafik kodni esdan
chiqardingizmi?” degan tugmani
bosish imkoniyati paydo bo'ladi.
Shu tugmani bosamiz. Qurilmada
foydalanilayotgan Google
pochtaning login hamda parolini
kiritamiz. «Kirish” tugmasini
bosamiz. Endi sizda yangi grafik
kod qo'yish imkoniyati paydo
bo'ldi. Yangi kod qo'ying va bu
safar qo'yilgan kodni eslab
qoling. Pastki o'ng burchakdagi
“Tasdiqlash” tugmasini bosib
ishni davom ettiring
Uchinchi usul (barcha ma'lumot
o'chib ketadi).
Eng ishonarli usul va 100 %
ishlaydi. Buning uchun siz
sozlamalarni to'liq bekor (polnыy
sbros nastroek) qilishingiz kerak.
Bu «Hard Reset« deb nomlanadi.
Avval telefon yoki planshetni
o'chiramiz. So'ng «Yoqish« + «+«
ovoz balandlatish + «Home»
klavishlarini bir vaqtda bosgan
holatda yoqamiz. Kutib turamiz.
Planshet yoki telefon tiklash
rejimi «Recovery Mode» da
yonadi. Menyu ichidan Wipe
data/factory reset bo'limini
tanlaymiz. So'ng Yes-Delete all
user deb tasdiqlaymiz. Jarayon
yakunlanishini kutib turamiz
hamda qurilmani o'chirib
yoqamiz.
To'rtinchi usul (Ma'lumotlarni
saqlab qolgan holda, ammo
malakali foydalanuvchilar uchun).
Buning uchun sizga kompьyuter
hamda unga o'rnatilgan Android
SDK dasturiy ta'minoti, ADB
dasturi, telefon yoki planshetni
kompьyuterga ulash uchun USB
kabelь kerak bo'ladi. Qurilmani
kompьyuterga ulang,
kompьyuterdan «komandnaya
stroka«ga kiring.
(Windows XP bo'lsa Pusk -> cmd
yoki Pusk -> Nayti programmы i
faylы -> cmd). So'ng
qo'yidagilarni ketma-ket kiriting:
adb shell
cd/data/data/
com.android.providers.settings/
databases
sqlite3 settings.db
update system set value=0 where
name=’lock_pattern_autolock’;
update system set value=0 where
name=’lockscreen.lockedoutpermanently’;
.quit
Telefon yoki planshetni o'chirib
yoqing.
Uchirib yoqqaningizdan so'ng
ekranda yana grafik kod paydo
bo'ladi. Tashvishlanmang – endi
blokirovkani ixtiyoriy kod bilan
ochishingiz mumkin.
Beshinchi usul
Shu maxfiy kodlarni yozgan
holda amalga oshiriladi:
*#7780# (yoki *#*#7780#*#*)
—Factory Reset, Hard Reset
Diqqat! Barcha usullar sinalgan,
ammo hammada ham 100%
ishlavermaydi.
P.S. Bu erda keltirilgan metodlarni
qo'llash uchun telefon yoki
planshet «root» qilingan bo'lishi
shart emas.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 12.09.2015 / 23:12 | O'qilgan: 2531 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net