Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Hurshid Rasulov - Borligingga shukur Yoruq dunyoda
Kuygan bu ko'nglimning zori bo'lsang ham.
Armonlar kuyining tori bo'lsang ham.
Sen asli birovning yori bo'lsang ham.
Borliginga shukur yoruq dunyoda.

Nozik qo'llaringdan tutmaydi qo'lim.
Garchi sendan ayro qismatim yo'lim.
Sen bilan bu olam bunchalar so'lim.
Borliginga shukur yoruq dunyoda.

Sog'insam qarashga yetmas bardoshim.
Sen yerda yoqutim, ko'kda quyoshim.
Kipriklari xanjar ey qilich qoshim.
Borliginga shukur yoruq dunyoda.

Senga tikon kirsa tilinar jonim.
Olov ichra yonar et ustixonim.
Xayolingsiz o'tmas xatto bir onim.
Borliginga shukur yoruq dunyoda.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: BurxonShox | Vaqti: 12.09.2015 / 13:52 | O'qilgan: 1745 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net