Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Hayvon tarbiyasidagi inson bolasi
Barchamiz ”Maugli” va”Tarzan” haqidagi kino va multfilmlarni miriqib tomoshaqilganmiz hamda hayotda ham shunday voqealar sodir bo’lishi mumkinligi esa barchani qiziqtirgan mavzu bo’lib kelgan. Bunday voqealar hayotda ko’plab uchragan.
Masalan, 1724 yili Germaniyaning Gannover shahri yaqinida 12 yoshlardagi bola qo’lga olinadi. U darahtga o’rmalab chiqishga juda chaqqon bo’lib, daraht bargalari, novdasi va mevalar bilan oziqlanardi. U non va pishirilgan ovqatlar yeyishdan ancha vaqtgacha bosh tortadi. Unga yovvoyi Piter deb ism qo’ydilar. Keyinchalik Piterni Angliyaga tadqiqot uchun olib ketadilar. U 68 yil odamlar orasida yashaydi, lekin u ‘’Piter’’ va ‘’ Qirol Djrodj’’ so’zlarinigina ayta olardi holos.Unda hidlash va eshitish qobiliyati juda kuchli bo’lgan.
1867 yili Ovchilar Hindistonning Sekandra tumanidagi Bulandshahr changalzorlaridadagi go’r atrofida bo’ri bolalari bilan o’ynab yurgan bolaga duch kelishdi. Ovchilar yaqinlashganini sezgan bo’ri, bolalari va bolakayni yetaklab iniga kirib ketadi. Ovchilar esa uning inini tutatish orqali, ona bo’rini tashqariga chiqarishadilar va o’ldiradilar. Bolakayni esa o’zlari bilan olib ketadilar va unga Dina Sanichar deb ism qo’yadilar. U dastlab o’zini yovvoyi hayvondek tutib, kiyimlarini yirtib tashlaydi va ovqatni yerga to’kibgina yeydi holos. Pishirilgan go’shtni yeyishga o’rganishi ham qiyin kechadi. U gapirishni hech qachon o’rgana olmaydi. Keyinchalik kashandalikka mukkasidan ketgan Dina 1865 yilda olamdan ko’z yumadi.
Hindistonning Midnapor tumanida yashovchi bir guruh kishilar chakalakzorda hayvonsifat odam bolasini uchratishgan va unig qayerda yashashini kuzatib bilishgach, o’sha joyni o’rab olishadi. Bir payt bo’ri inidan ona bo’ri va uning bolalari chiqib keladi va odamlarni ko’rib, yna bo’ri bolalalari bilan birga inga kirib ketadi. Odamlar uning inini qaziy boshlaganda ona bo’ri ularni himoya etib, odamlarga tashlanadi, lekin otib o’ldiriladi. Inda bo’ri bolallari bilan birga ikki qizaloq ham bir-birini quchoqlagancha o’tirishardi. Qizlarningbiri taxminan ikki yoshda, ikkinchisi esa 8 yoshlarda edi. Ikkovi ham to’rt ‘’oyoq’’ lab yurar, umuman gapirolmasdi. Qizchalarga Kamala va Amala deb ism qo’yadilar. Bir yildan so’ng kihckina Amala o’lib qoldi, Kamala esa odamlar orasida 9 yil yashadi xolos. Shu davr mobaynida ikki oyoqlab turishni va 50 ta so’z aytishni zo’rg’ao’rgangan.1923 yilda Hindistonning Assam shtatida ovchilar urg’ochi qoplonni otib o’ldirishadi. O’shanda uning inidan nafaqat qoplonchalar, besh yoshli bola ham ushlangan. Yaqin qishloqdan esa uning ota-onasi ham topilgan. Otasining aytishi bo’yicha, uch yil muqaddam 2 yoshli o’g’lini o’zi bilan birga dalaga olib chiqadi. O’g’li uxlab qolgach, o’tlar ustiga yotqizib qoyadi-da, ishini davom ettiraveradi. Bir payt orqaga qarasa uxlayotgan o’g’lini qoplon tishida ko’tarib ketayotgan bo’ladi va o’rmon ichida ko’zdan g’oyib bo’ladi. Shundan so’ng ota o’z o’g’lini tirik ko’rmasligiga ishongan edi. Biroq voqea butunlay boshqacha kechdi: qoplon uni o’ziga ‘’o’g’il’’ qilib olgan edi. Bu bola ham to’rt ‘’oyoq’’ lab yurardi, xom go’sht yerdi. Qoplon singari irillar va yoniga borgan kishini qoplonchasiga tishlardi. Faqat uch yildan so’nggina u ikki oyoqlab turishni va idishda ovqat yeyishni sal-pal o’rgangan.Turk oilasida tug’ilgan bir qiz esa ayiqlar bilan roppa-rosa 8 yil yashagan. 1937 yil bir ovchi tog’da ayiqni otib o’ldiradi. O’shanda ovchining ustiga ayiqchasiga o’kirib, yovvoyilashgan qiz tashlanadi. Xayriyatki, qiz kichkina edi, ovchi unitiriklayin ushlab oladi. Bu qiz ruxiy kasalxonaga yotqiziladi. Davolanadi. Va faqat bir necha yildanso’nggina u pishirilgan ovqatni yeyishni o’rganadi.1973 yili Suriyaning inson qadami yetmagan yerlarida ovchilar ohularni ovlayotib, ular orasida yovvoyilashgan bolalarni uchratishadi. U ohular kabi o’simlik ildizlarini yer va salgina tovushga ham ohular kabi quloqlarini ding qilib, atrofga qarardi. Bola to’rt oyoqlab ohular galasi bilan tengma-ten-soatiga 5-10 mil tezlikda chopardi, bundan tashqari ohulardek o’ta sezgir va o’tkir ko’z edi. 1966 yilda vertolyotdan to’r tashlab tutishga urinishlar behuda ketadi va bolani ohular bilan tinchgina yashashga qo’yishga majbur bo’ladilar.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 19:32 | O'qilgan: 1311 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net