Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
wi-fi Mamlakati
Tinch okeanida Yangi Zelandiyaga qo’shni Niue orol-davlatining hamma yerida va atrofida wi-fimoslamasi yordamida tekin internet 2003-yildan beri uzluksiz ishlab turadi.

Dunyodagi birinchi bo’lib butun hududida internet ishlaydigan davlat bo’lgani uchun unga “birinchi wi-fi millat“ maqomi berilgan bo’lib, ushbu orolda yashaydiganlar hamda uning yonidan suzib o’tayotgan kemalar ham bepul internetga ulanish imkoniga egalar. Uhsbu g’oya muallifi va homiysi amerikalik tadbirkor UilyamSemich bo’lib, ushbu loyihani moliyalashtirish evaziga u Nieu davlati domeni yani “.nu“ da domen nomlarini sotish imkoniyatini qo’lga kiritgan.

1974 yilda mustaqillikka erishgan ushbu orol-davlatning diplomatik aloqalari Yangi Zelandiya tarafidan olib boriladi. Shuningdek, Fuqarolari 1400 ga yaqin bo’lib, ular Yangi Zelandiya fuqarolari ham hisoblanadi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 19:28 | O'qilgan: 1116 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net