Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Qashqirlar Makoni teleseriyali xaqida qiziqarli faktlar
Serialning bosh qahramonlaridan biri – Sulaymon Chaqir rolini ijro etgan aktyor Oktay Kaynarja shu paytgacha asosan teatr sahnasida faoliyat yuritgani tufayli xalqqa yaxshi tanish emas edi. Shu bois “Qashqirlar makoni” muxlislari uni Chaqir sifatida eslab qolishgan.

Bir kuni Kaynarjaning mashinasi bir mashina bilan to‘qnashib ketganida, aktyorni ko‘rgan mashina haydovchisi orqa-oldiga qaramay qochib ketgan ekan; Sulaymon Chaqir dushmanlari qo‘lida halok bo‘lganida, serial muxlislari uning xotirasiga chinakam motam tutgan ekanlar; “Qashqirlar makoni Tuzoq”qahramonlaridan biri – Muro shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, Zubeyr Shashmaz tomonidan uning “Qashqirlar makoni”dan keyingi hayoti haqida komediya ishlandi; Po‘lat Alamdar obrazini jonlantirgan Nejati Shashmaz aslida nozikta’b inson bo‘lib, she’r yozib turadi; Ipsos KMG kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, Nejati Shashmaz 2008-yilning eng chiroyli aktyori deb tan olindi. Lekin uning xabar bilan birga chop etilgan rasmisifatsizligi bilan muxlislarni biroz ranjitdi; O’z intervyularida ko‘p bora orzusi chinakam sevgi sohibi bo‘lish ekanligini ta’kidlagan Po‘lat Alamdar o‘z muhabbatini aktrisa Nefise Karatay timsolida topganday edi go‘yo. Uning iltimosiga ko‘ra aktrisa “Qashqirlar makoni Tuzoq” serialigaOhu Torosroliga taklif qilingan bo‘lib, stsenariy bo‘yicha film oxirida Po‘lat va Ohu turmush qurishlari lozim edi. Ammo Nefise Karatayning xiyonati haqida xabar topgan Nejati Shashmaz akasi – stsenariy muallifi, rejissyor va prodyusser Raji Shashmazdan stsenariyni o‘zgartirishni so‘radi.Natijada Ohu Toros “o‘ldirildi” vaserialdan chiqib ketdi. Po‘latni esa aqlliva go‘zal talaba qiz bilan uchrashtirib qo‘yishdi.
Agar bir kishi seni bir marta aldasa, bu uning aybidir. Agar bir kishi seni ko‘p bora aldasa, bu sening aybingdir.
oxirgi uylagan qaxramon bulmaydi....
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 19:14 | O'qilgan: 1770 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net