Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
IShID jangarilari Iroqning Mosul shahri sudyasini otib tashladi
IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroqning ikkinchi eng yirik shahri bo‘lmish Mosulning jinoyat ishlari sudi raisi Abdulla Abdulvahobni shaharning markaziy maydonida yuzlab aholi ko‘z o‘ngida otib tashladi, debxabarbermoqda “TASS”.
Bungacha Abdulvahob ikki oy davomida mahalliy qamoqxonada saqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar sudyani terrorchilar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun o‘ldirgan.
Qayd etilishicha, 2014-yil iyun oyidan buyon jangarilar qo‘l ostida bo‘lgan Mosul shahri Iroq hukumati qo‘shinlari tomonidan boshlangan yirik operatsiyaning asosiy obyekti hisoblanadi. Ayni paytda Iroq armiyasi Mosul yaqinida joylashgan Tikritni ozod qilish bo‘yicha operatsiya bajarmoqda.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 18:54 | O'qilgan: 677 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net