Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
2600 yillik bosh yaxshida saqlangan Miya topildi
Yoshi taxminan 2600 da deb baholanayotgan odam kalla suyagida arxeologlar yaxshi saqlanib qolgan miyani topdi, debxabarbermoqda “Rossiyskaya gazeta”.

Miloddan avvalgi VI asrda yashagan odam qoldiqlari 2009-yilda Angliyaning York shahri hududidan topilgan. O‘z yoshi uchun yaxshi holatda saqlangan topilmada dastlab noodatiy hech nima topilmagan. Biroq keyinroq arxeolog Reychell Kyubitt bosh suyagi ichidan yangi to‘qimalarni aniqlagan.
U suyak ichida yorqin sariq moddani ko‘rgach, paleontologlar bilan birga bosh suyakning yuqori qismini ochgan. Hayratlanarlisi, u yerdanjuda yaxshi saqlangan miya topilgan. Olimlar bosh 26−45 yoshlar atrofidagi odamnikiga tegishli bo‘lgani, u boshi tanasidan judo qilinganini taxmin qilmoqda. Hozirda ular miya shuncha vaqt davomida buzilmay kelganining sababini aniqlashga urinmoqda.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 18:51 | O'qilgan: 676 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net