Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Bir yamonning bir yaxshisi
Ba’zan kutilmaganda ro’y beradigan noxush hodisadan ham yaxshilik kutish mumkin ekan. Yaqinda Saudiya Arabistonida ro’y bergan yo’l transport falokatida aynan shu fikr o’z isbotini topdi.

Ya’ni ushbu halokat avvallari bir-birining borligidan mutlaqo xabari bo’lmagan ikki aka-ukaning topishishiga yordam berdi.

Gap shundaki, Arriyod va Madina shaharlarini bog’lovchi katta trassada ikkita mashina bir-biri bilan tasodifan to’qnashib ketishdi. Odatda bunday hollarda har ikki taraf ham o’zining haqligini isbotlash maqsadida baqir- chaqirga tushishadi. Bu gal ham xuddi shunday bo’ldi.

Dahanaki jang paytida bu yerga yetib kelgan politsiyachi hujjatlarni sinchiklab tekshirayotib, g’aroyib holga duch keldi. Ya’ni to’qnashib ketgan haydovchilar aka-uka ekanlar. Jabr­langanlardan biri bu haqda shu joyning o’zida turiboq otasiga qo’ng’iroq qildi. Ota ham avval uylangani va u ayolidan ham o’g’li borligini tan oldi. Shundan keyin yigitlar bir-birlarining mahkam bag’riga bosgancha birgalikda otasining oldiga yo’l oldilar.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 18:01 | O'qilgan: 649 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net