Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
EGasini Boyitgan Kabutar
“Kim ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha olamga hukmdorlik qiladi” degan mashhur ibora muallifi Rotshildlar oilasi ekanini bilasizmi?

Bu voqea 1815 yilda, Napoleonnning “yuz kunlik” zafarli yurishi vaqtida yuz bergan. Jamg‘arma birjalari Vaterloodagi hal qiluvchi janglar natijasini kutardi. Aka-uka Rotshildlar esa, Natan – Londonda, Yakob – Parijda o‘z kaptarxonalarini kengaytirganicha, jangni kuzatishdi.

Jang boshida g‘alaba mutlaq Napoleon armiyasi tomonida edi, bu haqda londonliklar xabar topadilar. Ammo “kuzatuvchilar” Vellington armiyasiga Blyuxerning madadga kelishini kutishdi. Napoleon mag‘lub bo‘ldi. Rotshildlarning maktubli kaptarlari zudlik bilan yo‘lga tushdi. Xabarni olgan Natan tongda o‘zining barcha aksiyalarini sotib yubordi. Yakob ham Parijda shunday yo‘l tutdi. Birjalarda tahlika ko‘tarildi: yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabar topuvchi Rotshildlar qimmatbaho qog‘ozlarini sotib yuborishmoqda! Mamlakatdagi badavlat kishilar o‘z aksiyalarini sota boshladilar.

Ana shu taxlitda ingliz, avstriya, pruss qimmatli qog‘ozlari qadrsizlanadi. Bu paytda Rotshildlarning ayg‘oqchilari aksiyalarni arzimagan narxda sotib olishni yo‘lga qo‘yadilar. Ikki kundan keyingina Napoleonning mag‘lub bo‘lgani ayon bo‘ldi. Odamlar esankirab qolishadi.

Hiylakor Rotshildlar bir kunda 40 million funt sterling ishlab, Britaniya iqtisodining ulkan qismini qo‘lga kiritganlar.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 17:05 | O'qilgan: 659 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net