Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Qonun Baribir Qonunda...!!!!
1 2 >>
Siz lotinchadagi «Qonun qattiq, lekin u – Qonun!» degan iborani eshitganmisiz? Qonunlar davlat tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, turli hayotiy masalalar ular orqali tartibga solinadi. Albatta, bugungi qonunchilik uzoq asrlardan beri shakllanib kelgan an’analar asosiga qurilgan va odil bo‘lib, barcha fuqarolarning manfaatlarini himoya qiladi. Biroq qadimda shunday qonunlar ham bo‘lganki, bugungi kun nuqtai nazaridan ularni juda yaxshi baholab bo‘lmaydi. Bu esa turmushda turlicha qiyinchiliklar keltirib chiqargan, axir, jinoyatchilar qonun nomi bilan jazolanadi, sud ajrimlari qonunlarga asosan belgilanadi, meros belgilashda va boshqa huquqiy ishlarda albatta qonunlarga tayaniladi… Darvoqe, huquq tarixidagi qonun nomi bilan sudda ko‘rilgan eng qadimiy masala meros muammosi bo‘lib, u eng uzoq davom etgan ishlardan hisoblanadi.

Eramizdan oldingi XIV asrda qadim Misrda Neshi ismli kemasoz olamdan o‘tgan. U o‘zining yer mulkini muayyan tarzda meros sifatida aniq belgilab bermagan ekanmi, yoki vasiyatnoma yozishga ulgurmaganmi… Xullasi kalom, uning merosxo‘rlari otasidan qolgan dalani bo‘lisha olmay, rosa sudlashgan ekanlar. Ammo bir necha yil davom etgan bu sud jarayoni baribir hukm chiqara olmabdi, natijada ish cho‘zilib, Neshining merosxo‘rlari olamdan o‘tib ham ketibdi, dalani egallash uchun esa ularning merosxo‘rlari sudlasha boshlashibdi. Nihoyat, yana ancha yillar o‘tib, ulardan biri – Mose degan zodagon yerga ega chiqibdi. E’tibor berilsa, sud jarayoni deyarli bir asrga cho‘zilgan ekan! Uning xayrli tugaganidan quvongan Mose ko‘p yillik bu jarayonni maqbaralarning biri devorlariga suratlar tarzida chizdiribdi. Arxeologlarning bu topilmasi tufayli mazkur ish tafsiloti bizgacha yetib kelgan.

Qadimda kishilar qonunning hamma narsani hal etib bera olishiga, qozilarning barcha masalalarda odilligiga ko‘r-ko‘rona ishonishgan ham. Masalan, o‘rta asrlarda odamlar sud istalgan masalani ko‘rib chiqavergan va sudyalar o‘z bilimi, dunyoqarashi doirasida bu ishlar to‘g‘risida hukm chiqarganlar. Bu ajrimlarning ba’zilari esa bugungi kun nuqtai nazaridan birmuncha kulgili ko‘rinadi.

Deylik, huquq tarixida hayvonlar ustidan sud olib borilgan ko‘plab holatlar ma’lum. Masalan, 1120 yilda Fransiyada hosilni nobud qilganlari sababli dala sichqonlari sud hukmi bilan ommaviy qarg‘algan. Tabiiyki, bu bilan sichqonlar qirilib ketishmagan…

1286 yilda esa Faleze shahrida bir bolani jarohatlagan cho‘chqani sud o‘lim jazosiga mahkum etgan. Hukm xalq ko‘zi oldida o‘qib eshittirilgan va jallod uni ijro etib, jonivorni to‘rt bo‘lakka parchalagan. Jazodan so‘ng uni yeyishganmi, yo‘qmi – bunisi yozib qoldirilmagan ekan… 1474 yilda esa Bazel hakamlari tuxumni chaqib ichgan xo‘rozga olovda kuydirib qatl etish jazosini belgilashgan.

O‘sha asrda bog‘lar va dalalarga ko‘p ziyon yetkazgan qurtlar ustidan ham jinoiy ish ochilganiga nima deysiz? Bu ishni Overni shahar sudi muhokama qilgan. Ayblanuvchilarning o‘zlari sud jarayonida ishtirok eta olmasliklarini inobatga olib, ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadida tajribali advokat ham yollashgan – ana sizga adolat! Sud barcha qonun-qoidalarga amal qilingan holda o‘tdi: qurtlarga «o‘zganing mulkini ongli tarzda yo‘q qilganliklari uchun» ayblov e’lon qilindi. Nihoyat, qurtlarni terib, yo‘q qilish to‘g‘risida hukm chiqarildi.

Qadimgilarning soddadilliklari ustidan kulish insofdan emas, deysizmi? Unda buyog‘iga quloq tuting: nisbatan yaqinda – XVIII asr boshlarida Braziliyada termitlar (chumolining bir turi) sud qilingan. Chunki yer ostida, devorlarda kavlab in quruvchi, boshi toshdan qattiq bu mayda jonivorchalar ibodatxona binosiga zarar yetkazib, ruhoniylarning omborxonalarini ham bo‘shata boshlaganlar. Rohiblar termitlar bilan kurashishning boshqa biror chorasini topolmagach, ularni qarg‘ashni so‘rab bosh ruhoniy – yepiskopga murojaat qilishdi. U esa biroz o‘ylab turib, hammasi adolatli bo‘lishi kerakligini aytdi va termitlarni sudga chaqirdi!

Tabiiyki, ayblanuvchilar sud zaliga kelishmadi. Shunda huquq himoyachilari Overnida o‘tkazilgan sud majlisini eslab, shunday yo‘l tutishdi: termitlar nomidan qatnashish uchun advokat yollashdi. Afsuski, bu hasharotlarning manfaatlarini himoya qilgan o‘sha oqlovchining nomi tarixda yozib qoldirilmagan, ammo shunisi ma’lumki, u o‘z himoyasi ostidagi ayblanuvchilarni oqlab otashin nutq so‘zlagan. Ammo uning notiqlik san’ati kuchli bo‘lishiga qaramay, jabrlanuvchi tomon – yepiskop sud jarayonida yengib chiqqan. Adolat o‘rnatilib, sud zalidayoq termitlar Avliyo Antoniy ibodatxonasi hududini tark etishlari to‘g‘risida hukm o‘qilgan.

Eng qizig‘i shundaki, 1713 yil yanvarda bu hukmni termitlar oldida tantanali ravishda o‘qib eshittirishgan va… mo‘’jiza ro‘y bergan! Guvohlarning yozib qoldirishlaricha, hasharotlar bu yerni chindanam tark etishgan: hammasi qatorlashib chiqib ketgan. Termitlar yepiskopga nima uchun quloq solishgani noma’lum, ammo fakt baribir fakt-da: ular keyin umuman bu ibodatxonaga qadam bosishmagan! Mana sizga adolatning, qonunning, sud hukmining kuchi!

U zamonlarda nafaqat hasharotlar, hayvonlar va qushlarni, balki boshqa narsalarniyam sud qilishgan. Genrix IV hukmronligi davrida Parijda… qovunni sudga berishgan! Qirol shifokori Qirollik sudiga qovun ustidan shikoyat qilgan: emishki, bu poliz mahsuloti Hazrati Oliylarining qornini og‘ritganmish. Shikoyatni qabul qilishgan va sud majlisidan so‘ng shunday hukm chiqarishgan: qovun qirolni haqoratladi va uning muborak salomatligiga tajovuz qildi, shuning uchun u qarg‘ishga va abadiy sharmisorlikka mahkumdir!

Huquq tarixidan ma’lum bo‘lishicha, eng antiqa taqiqlarni asoslash maqsaidida qonunlardan foydalanishgan. Masalan, shved qiroli Gustav (1746-1792) qahva va choyni qo‘rqinchli zahar deb hisoblagan va buni isbotlash uchun, bir jinoyatchini qahva iste’mol qildirish orqali o‘lim jazosiga mahkum etgan! Hukmga ko‘ra, unga to tabiiy o‘limi yetib kelguncha har kuni qahva ichirishgan. Tajriba sifatida ikkinchi jinoyatchini choy ichirish orqali o‘limga hukm etishgan. Gustav hammasiga jiddiy qaragan: tajribani kuzatib borishlari uchun har bir mahkumga bir shifokor biriktirib qo‘yishgan, ular qahva va choy ichayotgan shaxslarning organizmidagi o‘zgarishlarni kuzatib borishlari va qaysi biri oldin o‘lishini qayd etishlari lozim edi.

Natija esa kutilganidan boshqacharoq bo‘ldi: ketma-ket ikkalasiyam olamdan o‘tishdi… Yo‘q, mahkumlar emas, vrachlar! Keyin esa qirolning o‘ziyam vafot etdi. Qahva ichishga mahkum bo‘lgan jinoyatchi esa 83 yil yashadi, ikkinchisi – choy ichayotgani ham ko‘p yashab, qirol va tabiblardan keyin o‘ldi. Taqdir hazilini qarangki, qiziquvchan qirol Gustavning bu ishini avlodlar tez unutishdi va Shvetsiyada qahva ichishni keyin ham ikki marta – 1816 va 1822 yillarda taqiqlashgan. Endi esa, xudoga shukurki, hech bir joyda qahva ichgani uchun sudga tortishmaydiyam, uni jazo sifatida berishmaydiyam…

Bugungi kunda butun jahon ahli sevib o‘ynaydigan va tomosha qiladigan futbol tarixida ayanchli kunlar ham bo‘lganini
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 16:56 | O'qilgan: 1389 | Izohlar: (0)
1 2 >>
Яндекс.Метрика Statok.net