Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Yaxshidan Bog' Qolur
1987 yil 74 yoshli riksha(odam tashishga mo’ljallangan velosiped) haydovchisi Bai Fang Li pensiyaga chiqib, ona shahri Tianjinga qaytib keladi. U yerda esa bolalar dalalarda ishlayotganiga ko’zi tushadi. Ishlayotgan bolalar kambag’alligi tufayli maktabga bormay, pul topishga majbur edilar.

Bai Fang Li bunday ayanchli holga chiday olmay, shaharga qaytib ketadi hamda eski ishini yana davom ettiradi. Bu safar u yanada qattiqroq ishlaydi. Har kuni deyarli 24 soat mobaynida mijoz kutib o’tirar, ovqat, kiyim va boshqa harajatlariga iloji boricha kamroq pul sarflashga harakat qilar edi. Topgan pulini esa ona shahrida maktabga kambag’allik tufayli bora olmayaotgan bolalalarni o’qishi uchun yuborib turadi.

2001 yilda u ona shahri Tiajinda joylashgan Yoa Hua o’rta maktabiga ohirgi pulni yetkazish uchun boradi. 90 yoshga yaqinlashib qolgan Bai Fangli maktab o’quvchilariga qarilik tufayli boshqa ishlay olmasligini aytishi zahoti barchaning ko’ziga yosh qalqiydi. Butun maktab hamda shahar ahli uni qahramon sifatida olqishlaydilar. Uning bolalar uchun yuborgan 350,000 (57,000 AQSH dollari)yuan puli evaziga 300 dan ortiq kambag’al bolalar maktabni muvafaqiyatli tamomlay oldi. U 2005 yil 93 yoshida vafot etadi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 16:41 | O'qilgan: 576 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net