Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Raxbarlikga Robortni Maqul Kurishmoqda
Massachuset texnologiya instituti olimlarining olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, ishchilar uchun odam emas, balki robot boshliqdan buyruq olish ma’qulroq ekan. Robotning yo’l-yo’riqlariga bo’ysunish ish unumdorligini oshiribgina qolmay, ish jarayonini odam uchun yanada qulaylashtiradi.

Laboratoriya tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotlar jarayonida uchta guruh ishchilar va bitta robot uchta rejimda mehnat qilishdi. Odatdagi holda barcha topshiriqlarni inson berdi, avtonom deb nomlangan vaziyatda ishni faqat robot boshqardi, yarim avtonom holatida esa bir inson o’ziga vazifa qo’ydi va bajardi, shu bilan birga aynan shu ishni amalga oshirishda robot buyruq berib turdi. Ishlab chiqarish vazifalarini bajarishda yarim avtonom rejim samarali bo’libgina qolmay, ishchilar tomonidan yuqori baholandi ham. Odamlarning qayd etishicha, robotlar «ularni juda yaxshi tushunadi» va «jamoa ishi sifatini ko’taradi».

Tadqiqot rahbari Metyu Gomboleyning aytishicha, ishlab chiqarish nazoratining qisman robotlar qo’liga o’tishi kiborg­lar guruhi butun hokimiyatni jilovlab oladi degani emas, albatta. Ya’ni robotlarga konkret topshiriqlar beriladi, jadval qo’yiladi va inson tomonidan o’ylab chiqilgan kompyuter dasturi yordamida muvofiqlashtiriladi.

Ishlab chiqilgan algoritm ish rejalarini tezda o’zgartirish lozim bo’lgan hollarda, masalan, kutilmaganda yangi detal kelib qolganda yoki stanok buzilib qolganda juda qo’l keladi. Bunday paytda texnik yordamni chaqirgandan ko’ra robot-prorabni «qayta qurish» oson va arzon tushadi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 16:37 | O'qilgan: 537 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net