Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Simob Modasini Antibyotik Foydasi
Termometrni sindirib qo‘yib, poldan simob shariklarini yig‘ib olguncha salomatligingizga zarar yetkazganingizdan tashvishlanyapsizmi? XX asr o‘rtalariga qadar odamlarda bunday xatarlar paydo bo‘lmagan ham. Buning ustiga simob davolash vositasi sifatida qo‘llanilgan. Masalan, undan zaxm kasalligini davolashda foydalanishgan. Bunday “terapiya” haqidagi birinchi ma’lumotlar XVI asrga borib taqaladi: mashhur nemis tabibi Paratsels ushbu kasallikka qarshi bemorning oyoqlariga simobli surtmani surtish yordamida kurashgan. Keyinchalik shifokorlar bemorlarga simobni yutishni, in’eksiyalar qilishni, undan nafas olishni, simobni xaltachaga solib bo‘yinga taqib yurishni tavsiya etishgan.

Ko‘pchilikka bu yordam bergan, albatta. Bugungi kunda simob moddasi zaxm kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikrorganizmni bartaraf etishga qodirligi isotlangan. Biroq simobning ijobiy ta’siri uzoqqa cho‘zilmagan. Tez orada bemorlarning 80% zaxmdan emas, balki og‘ir zaharlanishdan vafot etgan. Aytish joizki, organizmda yig‘ilib qoladigan simob odamning asab, yurak-qon tomir tizimiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi, oqsillar almashinuvini buzadi, nafas olish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi…

Oqibatlari
Natijada, keyinchalik zaxm kasalligini davolashni sezilarli darajada osonlashtirgan antibiotiklar paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng simob moddasini qo‘llash qisqara boshladi va yo‘qolib ketdi. Hozir ushbu metall tibbiyotda deyarli qo‘llanilmaydi. Uni faqat termometrlarda ko‘rish mumkin, biroq yaqin orada ular ham taqiqlanishi mumkin.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 16:20 | O'qilgan: 1187 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net