Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
yutalga qarshi "Geroin"
1874 yili geroin moddasi sintez qilinganidan keyin hech kim uni insoniyatning qotiliga aylanadi, deb o‘ylamagandi. O‘sha paytda u hatto geroin deb ham atalmagan. Yangi kimyoviy moddaga diatsetilmorfin nomi berilgan. 1898 yili Yevropa firmalaridan biri uni yo‘talga qarshi vosita sifatida chiqara boshlaganidan keyin ushbu moddaga “geroin” nomini beriladi. Mazkur preparat ajoyib tinchlantiruvchi va bemorlarga sezilarli yengillik keltiruvchi vosita, deb hisoblangan. Shuningdek, geroin yurak, gripp, oshqozon va ichak kasalliklarida ham qo‘llangan.
U paytlarda giyohvandlikka o‘rganib qolish haqida bilishgan, biroq shifokorlar geroindagi bunday xususiyat haqida shubha ham qilishmagan. Ma’lum dozaga amal qilinganida modda yumshoq ta’sir qilgan, uzoq vaqt qo‘llanilmaganida esa, o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan giyohvand moddalar kabi xatti-harakatlarda chetga chiqishlarni yoki intellektning susayishini keltirib chiqarmagan. Bu holat 1910 yilgacha preparatning hatto bolalarga ham jiddiy tavsiya etilishiga olib kelgan.

Oqibatlari
20 asrning 10-yillarida tibbiyot xodimlari bemorlar yo‘talga qarshi dorilarni borgan sari ko‘proq qabul qilayotganini va undan voz kechilganida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotganini seza boshlaydi. Taxminan o‘sha paytlarda geroin jigarda morfinga, ya’ni xavfli giyohvand moddaga aylanishi aniqlanadi. Bu 1913 yilda farmatsevtika kompaniyasi preparatni dorixonlardan qaytarib olishiga, keyin esa uni ishlab chiqarishni to‘xtatishiga olib keladi. Shundan so‘ng geroin giyohvand moddalarning milliy ro‘yxatiga kiritiladi. 1924 yilga kelib, AQShda ushbu moddaning har qanday tarzda qo‘llanishi noqonuniy deb e’lon qilinadi. Yevropada esa ushbu giyohvand moddadan tibbiy maqsadlarda faqat retsept bo‘yicha qo‘llanishda davom etiladi. Aytish joizki, Germaniya Federativ Respublikasida geroin 1971 yilgacha dorixonalarda sotilgan. Aqlga sig‘maydi, to‘g‘rimi? Ammo bu fakt.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 16:19 | O'qilgan: 820 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net