Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
shifobaxsh "Radiatsya
Radiy bilan “boyitilgan” suvdan ichishni xohlaysizmi? Balki, tishlaringizni tarkibida ushbu radioaktiv element mavjud bo‘lgan pasta bilan tozalarsiz? Yo‘qmi? Lekin sizni yuz yil oldin tushunmagan bo‘lishardi. U paytlarda yangi kashf etilgan radiy mutlaqo foydali modda deb hisoblangan. U yoshartiruvchi, organizmni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega va salomatlikni yaxshilashga katta yordam beradi, degan fikr mavjud bo‘lgan. Odamlar orasida ushbu element qo‘shilgan turli “dorilar” katta talabga ega bo‘lgan, ularni ishlab chiqaruvchilar esa bundan foydalanib, davlat orttirgan.

O‘sha paytlarda Yevropa va Amerika do‘konlarining peshtaxtalarida suvni radiy bilan boyitishga mo‘ljallangan maxsus filtrli ko‘zalarni topish mumkin edi. Ayollarga radioaktiv sovun va yuz uchun kremlar, ko‘zoynak taquvchilarga turi ko‘z kasalliklariga qarshi ko‘z tomchilari taklif etilgan.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 16:17 | O'qilgan: 521 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net