Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
hayratomus Faktlar
-Uyali telefon narxi 1984 yilda 4195 aqsh dollari edi.

-Poroxni Yevropaga arab sayyohlari XIV asr o’rtalarida olib kelishgan. U paydo bo’lishi bilan ritsarlar davri tugadi, chunki ritsarlarning temir sovutlari miltiq o’qidan saqlay olmasdi.

-Anders Selsiy – shved astronomi va fizigi. 1742 yilda 100 gradusli temperatura shkalasini taklif qilgan. Selsiy shkalasida suvning muzlash temperaturasi (00S) bilan qaynash temperaturasi (1000S) oralig‘iga teng 100 qismga bo‘linadi. Havo haroratining birligi odatda Selsiy shkalasi bo‘yicha o‘lchanadi.

- 1898 godu Germaniyaning Bayer AG kompaniyasi geroinni bolalar uchun yo‘talga qarshi dori sifatida sotuvga chiqargan.

-1850 yilda golf uchun mo’ljallangan koptokchalar charmdan tayyorlanib, ichiga pat tiqilardi.

-Tarixiy shaxslar orasidan eng ko’p kino sahniga olib chiqilgan shaxs – bu Frantsiya imperatori Napoleon Bonapart bo’ladi.

-Taniqli yozuvchi Artur Konan-Doylning Sherlok Xolms qahramonini 80 dan ortiq aktyorlar ijro etishgan. Angliya kino tanqidchilarining fikriga ko’ra, Xolms rolini eng yaxshi ijro etgan aktyor deb Vasiliy Livanov topilgan. Ma’lumki, u o’shanda Igor Maslennikovning “Sherlok Xolms va doktor Vatson” telefilmida suratga tushgan edi.

-Gugurt dastlab 1820 yillarda Yevropada paydo bo‘lgan. Ammo u o‘ta xavfli bo‘lib, arzimagan ishqalanish oqibatida ham yonib ketishi mumkin edi. Hozirgi ko‘rinishdagi, ya’ni havfsiz gugurt donachalari esa ilk marotaba 1855 yili Shveysiyada ishlab chiqarilgan.

- 1978 yilda KXDR davlati rahbari Kim Chen Irning buyrug’iga binoan Janubiy Koreyalik rejissyor Shin Sang Ok o’g'irlanadi. Bundan maqsad “Pulgasari xazinasi” filmini suratga olish va unda diktator rol ijro etishi lozim edi.

- O’tmishda shumerliklar sarimsoq sharbatini zaharga qarshi dori sifatida ishlatishgani haqida ma’lumotlar bor.

- Inson yolg’on gapirganida yuragi odatdagidan ko’ra tezroq ura boshlaydi. Buni miloddan oldingi 250 yillarda yunon shifokori Erasistrat (mil. ol. 300-240) aniqlagan edi. Ayni kunda mazkur kashfiyot “yolg’on detektori”ning ishlash printsipi asosini tashkil qiladi.

- 1302 yili italiyalik shifokor Bartolomeo da Varinyana Yevropada birinchi bo’lib sud ekspertizasi uchun murdani yorib ko’rgan.

- Ayblanuvchining qanday inson ekanini husnixatiga qarab aniqlash ilk bor 1595 yili Parijda amalga oshirilgan.

- 1891 yilda Buenos-ayreslik politsiyachi Xuan Vuchetich birinchi marta jinoyatchini barmoq izlariga qarab aniqlagan edi. Bu voqea kriminalistika sohasida haqiqiy inqilob bo’ldi.

- “Kleopatra” (1963) tarixiy dramasida bosh rolni ijro etgan Elizabet Teylor film davomida roppa-rosa 65 xil libos kiyadi.

- Ko’zoynaklar dastlab “ko’z uchun mo’ljallangan kichik diskchalar” deb atalgan.

- Insonning ko’zoynak taqqan holda chizilgan ilk surati – mashhur italyan rassomi Tommazo Barizino mo’yqalamiga mansub “Provansaliyalik Gugo portreti”dir.

- 1755 yilda Portugaliya poytaxti Lissabonda shunchalik kuchli yer silkinishi ro’y berganki, oqibatda 50 ming kishi, ya’ni shahar aholisining beshdan bir qismi halok bo’lgan.

- 2006 yilda Yaponiya hukumati quloq tozalash uchun tibbiyot litsenziyasi olish zarurligi haqidagi qoidani bekor qildi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:52 | O'qilgan: 1626 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net