Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Hayratomus Haziinalar
Bolalikda huddi ertak qahramonlari kabi ulkan xazina topib olish haqida shirin orzu qilmagan odam bo’lmasa kerak. Birgina ertaklarda emas, hayotda ham katta miqdordagi xazina topib olganlar talaygina. Quyida manashunday ulkan topilmalar o’ntaligini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

1. Shroda Xazinasi-Polsha
O’rta asrlarga tegishli ushbu xazinasi 20 asrning eng muhim arxeologik topilmalaridan biri bo’lib, u 1985 yilda Polshada topib olingan. Xazina Impreator Charlz IV ning rafiqasi Blansh Valuaga tegishli toj, 4 ta 12 hamda 13 arga tegishli tilla taqinchoqlar, uchta uzuk, qimmatbaho toshlar bilan bezalgan bilaguzuk, 39 ta oltin tanga hamda 2924 ta kumush tangalarda iborat.

2. Panagyurishte Xazinasi-Bolgaria
1949 yil 8 dekabrda bolgariyalik uch aka-uka Pavel, Petko va Mixail Deykovilar “Merul” kulolchilik fabrikasi uchun tuproq kavlab olishayotganlarida 7 ta xumga joylangan 6,164 kilogramli sof oltinlardan iborat ulkan xazinaga duch kelishdi. Ushbu xazina eramizdan oldingi 4-3 asrlarga tegishli bo’lib, barcha topilgan buyumlarda Frakiya urf-odatlari, hayoti hamda afsonlari tasvirlangan edi.

3. Preslav xazinasi-Bolgariya
Juda katta miqdordagi boylikni o‘z ichiga olgan “Preslav” (Bolgariya) xazinasi esa 1978 yilda Kastana uzum bog’ida topilgan bo‘lib, jami 170 ta oltin, kumush va bronza buyumlardan iborat. Ushbu xazinadagi buyumlar III-VII hamda X asrlarga tegishliligi aniqlangan.

4. Tutanxamon Xazinasi-Misr
Ulkan xazinalar orasida yana bir ahamiyatlisi Tutanxamon xazinasi bo‘lib, u 1922 yilda angliyalik olim Govard Karter tomonidan topilgan. Xazina Tutanxamonning sof oltinda yasalgan tobuti, sof oltindan yasalgan “Tutanxamon niqob’’ , toji hamda boshqa buyumlardan iborat.

5. Pereshepin Xazinasi-Bolgariya
1912 yili cho‘pon bola Mala Pereshepin qihsog’i atrofida qo’y boqib yurgan payt tasodifan eski bir qabrga tushib ketadi. Ma’lum bo’lishicha, bu qabr Buyuk Bolgariyaning asoschisi Kuvratga tegishli bo’lib, oltin buyumdan iborat ulkan xazinani o’z bag’riga yashirgan edi. Ushbu xazina 800 ta buyumdan iborat bo‘lib, shundan 19 tasi kumush, 16 tasi sof oltindan yasalgan idishlardir. Shuningdek, qini va dastasi sof oltindan yasalgan po’lat qilichd ham 20 asrning muhim arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.

6. Tilla Tepa Xazinasi-Afg’oniston
1979 yili rossiyalik arxeolog Viktor Sarianidi tomonidan Shibirg‘on (Afg‘oniston) yaqinidagi “Tilla tepa”da miloddan avvalgi 1-asrga tegishli yirik xazinaga duch keladilar. Bir erkak va besh ayol ko‘milgan qabrdan topilgan xazina 20 000 tilla buyumlardan iborat bo‘lib, tilla tangalar, har-hil taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kamarlar, medallar hamda tojlarni o’zi ichiga olgan edi.

7. Nagisentmiklos Xazinasi-Ruminiya
X asrga tegishli hisoblangan ushbu xazina 1791 yil Ruminiyaning Nagisentmiklos(Transilvaniya) shaharchasida topilgan bo’lib, u 23 dona sof oltindan yasalgan buyumlardan iborat.

8. Petroasel Xazinasi-Ruminiya
1837 yilda Ruminiyada IV asrga tegishli xazina topib olinadi. Ushbu xazina 22 dona sof oltin buyumlardan iborat bo’lib, ularning eng mashhuri oltindan yasalgan, ichiga yunon ma’budlari tasviri tushirilgan qurbonlik qozonchasi hisoblanadi.

9. Gourdon Xazinasi-Fransiya
1845 yilda Gourdon(Fransiya) yaqinida V-VI asrlarga tegishli ulkan xazina topiladi. Topilgan buyumla orasida Vizantiya imperatorlari Leo I (457–474)hamda Yustin I (518–527) larning tasviri tushirilgan 100 dona tilla tangalar diqqatga sazovor.

10. Yava Xazinasi-Indoneziya
Indoneziyada topilgan ushbu xazina suv ostidan chiqarib olingan eng ulkan xazina hisoblanadi. Cho’kib ketgan kemadan jami 14000 javohir, 4000 yoqut, 400 ta to‘q zangori va havorang yoqutlar, bir vaqtlar Misrda hukmronlik qilgan Fotimiylar sulolasi davriga oid ko’zalar, bo’yalgan oynalar, bezalgan xumlar hamda boshqa buyumlarni chiqarib oladilar. X asrga tegishli deb hisoblangan ushbu xazina nafaqat ulkan qiymati bilan, balki o’sha davr hayotini, urf-odatlarini o’zida aks ettirgan buyumlari bilan ham o’ta muhim hisoblanadi
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:44 | O'qilgan: 903 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net