Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
1 (Bir) yil ovqatlanmagan Bola
Amerikalik 12 yoshli Lendon Jons ismli bola bir yil ovqatlanmasdan yashab, shifokorlarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Lendon oxigi marta 2013-yil oktabrida pitssa va muzqaymoq iste’mol qilganidan beri hech narsa yemaydi. Mahsulotlar hidini sezsa-da, ochlik va chanqoqlikni his qilmaydi.

Velosipedda sayr qilish va do‘stlari bilan bog‘da o‘ynashni yoqtirgan serharakat bolaning hozirda 24 soat davomida boshi aylanib, ko‘ngli ayniydi. Uning ota-onasi bolani davolash uchun AQShning turli shtatlaridagi 5 ta klinikaga bordi, hatto bir kasalxonadan 4 ming dollar qarz ham bo‘lib qoldi. Lekin bolani davolashning iloji topilmadi.

“Biz bolani sinchiklab o‘rgandik, biroq aniq bir tashxis qo‘ya olmadik”, — deb ta’kidladi 33 yillik malakaga ega bolalar nevropatologi Mark Patterson.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:38 | O'qilgan: 616 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net