Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Mashhur Muvaqiyatsizliklar
Ishingiz yurishmayaptimi?. Omadsizman deysizmi?. To‘xtang! Manavi ro‘yxatga bir qarang. Yo‘q, siz yaxshilab qarang. Shu odamlar ham bir paytlar rosa omadi kelmagan edi. Siz ulardan ko‘pini taniysiz. Ular qiyin paytda ham taslim bo‘lmagan edilar. Demak sizni ham hali oldinda yaxshi kunlar kutayapti.

Uinston Cherchill

Cherchil oltinchi sinfda “qolib ketgan”. U avvaliga qancha urinmasin o‘zi xohlagan birorta ham siyosiy lavozimni egallay olmagandi. Lekin keyin… 62 yoshida Buyuk Brtianiyaning premer-ministri bo‘ldi.

Tomas Edison

Edisonga o‘qituvchilari har doim “sen ahmoqsan, biror narsani o‘rgana olmaysan” deyishardi. Bundan tashqari, ishlaydigan elektr lampa yaratgunicha mingdan ortiq lapochkani ishlab chiqargandi.

Xarland Devid Sanders

KFC kompaniyasining ramzi bo‘lgan Xarland Devid Sanders o‘z jo‘jalarini hech kimga sota olmagan. Mingdan ortiq restorandan “jo‘na bu yerdan” degan javobni olish osonmi? Faqat bittagina restoran uning jo‘jalarini sotib olishga zo‘rg‘a rozi bo‘ldi. Endi esa Sandersning surati KFC tarmog‘idagi hamma restoranlarning peshtoqini bezab turibdi.

Meysi

Meysi juda ko‘p marta biznesda “yomon tushgan”. Nyu-Yorkdagi do‘konida ham qarzga “kirib ketdi”. Lekin u tingani yo‘q va oxiri dunyodagi eng yirik unimermaglardan biri Macy’s ga ega bo‘ldi.

Stiven Spilberg

Spilberg Janubiy Kaliforniyadagi universitetga kirishni doim orzu qilardi. Biroq uch marta ketma-ket urinib, bu o‘quv yurtiga kiraolmadi. Keyin hammasini tashlab, rejissyorlikka qo‘l urdi. Buyog‘ini o‘zingiz bilasiz.

Charli Chaplin

Menejerlarga Charli Chaplinning harakatlari yoqmasdi. Ular Chaplin yorqin rol ijro etolmaydi, uni tomoshabinlar tushunmaydi, degan qarorga kelishdi. Oxiri “kel, bizdan nima ketdi. Bolapaqir bir urinib ko‘rsinchi” deb unga rol o‘ynashga ijozat berishdi. Qarabsizki, Chaplin Amerikada kinoyulduzga aylandi. Boyagi menejerlarning nomini esa ko‘plar esdan chiqarib yuborgan.

Merilin Monro

Afsonaviy Monroning Columbia Pictures bilan birinchi shartnomasi bekor qilindi. Prodyuserlar unga “aktrisa bo‘lishingiz uchun siz chiroyli va qobiliyatli emassiz” deyishdi. Monro arazlab “survorsammikin” degan o‘yga bordi-yu, lekin yana va yana urinib ko‘raverdi. Oxiri bir kun Gollivudning yorqin yulduziga aylandi.

Soichiro Xonda

Bu odamni Toyota kompaniyasiga injenerlikka ishga olishmadi. Ko‘p vaqt ishsiz yurdi. Keyin mototsikl yasay boshladi, o‘zining firmasini ochdi va ancha vaqtdan so‘ng milliarderga aylandi (eslab qoling: bir-ikki kunda emas).

Vera Vong

Bu ayol figurali uchish bo‘yicha AQSh terma jamoasiga qo‘shilib olmoqchi bo‘ldi. “Sur” deyishdi. Vogue jurnaliga muharrirlika ishga “ilinib” oldi. Bosh muharrir bo‘lmoqchi edi, nomzodini o‘rganib chiqishib, “yaramaydi” degan qarorga kelishdi. 40 yoshida ko‘chada qoldi. Keyin to‘y ko‘ylaklari dizayneri bo‘ldi. Joyini topdi, shekilli, nomi mashhur bo‘lib ketdi.

Uolt Disney

Gazeta muharriri Disneyni ishdan “haydavordi”. “Hay, nima gap?” desa, “senda tasavvur yaxshi rivojlanmagan va yaxshi g‘oyalaring yo‘q” degan javob bo‘ldi. Shundan so‘ng Disney amaki bir nechta kompaniyalar tuzib ko‘rdi: “bo‘madi-bo‘madida”. So‘ng “Qorqiz” multfilmini suratga oldi. Keyin nima bo‘ldi, deysizmi? Gapning ochig‘i, hozirgi bolalarning ko‘pchiligi uning g‘oyalari ta’sirida ulg‘aymoqda. Ishonmasangiz, kichkintoylardan so‘rang, Disney multfilmlarining qahramonlarini nomma-nom bilishadi.

Albert Eynshteyn

Eynshteyn faqat to‘rt yoshga kirib gapira boshlagan, yetti yoshida yozishni o‘rgangan. O‘qituvchilari unga “San bola, odam bo‘maysan”, “aqling pastroq” deganmish. Lekin unda o‘ziga xos fikrlash tarzi bor ekani hech kimnning xayoliga kelmagan-da. Bo‘lmasa, fizika bo‘yicha Nobel mukofotini olarmidi?!

Isaak Nyuton

Isaak Nyutonga oilaviy fermani boshqarishni topshirishgan edi. U qildi-bu qildi: mollar harom o‘ldi, daraxtlar quridi, ferma bankrot bo‘ldi. “Sendan cho‘pon chiqmaydi, bor shaharga bor, odam bo‘l” deyishdi. “Shu yigit arazlaydi-yov, ko‘ngliga keladi-yov” deb o‘tirishmadi. Bir kuni turdi-yu, k
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:35 | O'qilgan: 583 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net