Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
chordoqda Yasalgan Qalbaki "Pullar"
Qalbaki pullar tarixi haqiqiy pullar yaratilgan paytdanoq boshlangan. Qalbaki pullar har doim bo‘lgan. Hatto buyuk faylasuf Diogen ham qalbaki pul tayyorlashda ayblangan. Rossiyalik sanoatchi – Demidovlar o‘z zavodlarida shoh tangalarini shunchalik o‘xshatib yasashganki, ancha vaqtgacha ikkala pullar ham bemalol ishlayvergan.

Eh, qalbaki pul yasovchilarning bu boradagi ixtiro va intilishlari… Agar ular bu qobiliyatlarini ta’qiqlanmagan sohalarga yo‘llaganlarida bormi, taraqqiyot anchagina odimlagan bo‘lardi. Interpolning yetakchi davlatlarga valyutalar dizaynini har 2-3 yilda o‘zgartirib turish bo‘yicha bergan tavsiyalari bejizga emas. Qalbaki pul yasovchilar taxminan ikki yil muddat ichida har qanday valyutani qalbakilashtirish tizimini ishlab chiqadilar va pullarni muomalaga kiritishga ulguradilar. Qalbaki pul yasovchilar mamlakatlar va hatto, dunyo iqtisodiga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararning ko‘lamini hisoblash chiqish qiyin. Quyida e’tiboringizga qalbaki pul yasovchilar va ularning kirdikorlari bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni havola qilamiz.

- Yoshi kattaroq yurtdoshlarimiz yaxshi eslashadi, Sobiq Ittifoq davrida 10 va 25 rubllik pullar ayniqsa qadrlanardi. O‘ntalik chet ellarda ham o‘tishi uchun, yigirma beshtalik chiroyli dizayni uchun to‘planar, kamyob hisoblanardi. Hali-hanuz qalbaki pul yasovchilar orasida afsonaga aylangan va alohida tilga olinadigan ittifoq fuqarosi, Stavropol o‘lkasida yashovchi Viktor Baranov aynan mana shu tayyorlanishi juda murakkab bo‘lgan 25 rubllik pullarni qalbakilashtirishga kirishadi. O‘z vaqtida SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan Mixail Gorbachevga haydovchilik ham qilgan Viktor Baranov boshlig‘idan kam shuhrat qozonmadi. U yasagan pullar shu darajada sifatli, aslidan farq qilmaydigan darajada ediki uni qo‘lga olgan militsionerlar maxsus yasalgan stanok yonida chop etib tayyorlab qo‘yilgan pullarni ko‘rib og‘izlari ochilib qolgandi.

Baranov bu ishga 1963 yilda kirishgan. Garchi o‘sha yillari Sobiq Ittifoq raketa uchirgan, atom qurollarini dunyoga ko‘z-ko‘z qilayotgan bo‘lsa-da, oddiy qalbaki pul yasovchilar uchun zarur bo‘lgan printer, kseroks kabi uskunalar hali mutlaqo yo‘q edi. Baranov bu ishga astoydil kirishadi va poligrafiya uskunalari va usullari bo‘yicha qo‘llanmalarni o‘rganib chiqa boshlaydi. Bilimlari, qobiliyatini naqd 12 yil davomida uy sharoitida qalbaki pul yasash texnologiyasini yaratishga sarflagan Baranov 1975 yilga kelib dastlabki, aslidan aslo farq qilmaydigan 25 talikni tayyorlaydi. Bu paytga kelib doimo mahsulotlar tanqisligidan aziyat chekib kelgan Sobiq Ittifoqda ham pulga anchagina kamyob hisoblanadigan narsalarni ham topish mumkin bo‘lib qolgandi.

Viktor Baranov shoshilmasdan, ikki yil davomida 33 ming rubl tayyorladi, lekin ularning ko‘pini ishlata olmadi, ehtiyotsizlik tufayli qo‘lga tushib qoldi. Sud Baranovni 12 yilga – qalbaki pul tayyorlashga qancha vaqt sarflagan bo‘lsa shuncha muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Lekin u bilan Gosznak tashkiloti qiziqib qoldi. Chunki u yaratgan texnologiya shu darajada mukammal ediki, Baranovning ayrim uslublari davlat tomonidan ham qo‘llanila boshlandi! Diqqat qiling, vaqtlar o‘tib butun mamlakat aslida qalbaki pul yasovchi bo‘lgan Baranov texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan pullarni ishlata boshladi. Qamoqdan chiqqanidan so‘ng ixtirochi har qanday jinoiy ishlarga chek qo’yib, biznesga kirishdi. Uning qo‘liga qalbaki pul tushib qolganida, bu pullarni yasovchilarning uquvsiziligidan kulib qo‘yardi.

- AQSh dollari AQShning o‘zida ham, boshqa davlatlarda ham eng ko‘p qalbakilashtiriladigan valyuta hisoblanadi. Dastlab oq-qora ranglarda bo‘lganida fotografiya ixtiro qilindi-yu hammayoqni qalbaki pullar bosib ketdi. Eng qizig‘i, AQSh Maxfiy xizmati 1865 yilda aynan qalbaki pul yasovchilarga qarshi kurashish uchun maxsus tuzilgan. O‘sha paytda har uchta dollardan bittasi qalbaki edi. AQSh Federal Zaxira tizimi (Markaziy Bank) tuzilganidan so‘ng valyuta chop etilish bo‘yicha yagona tizim yo‘lga qo‘yildi. Unga q
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:27 | O'qilgan: 1472 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net