Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Kitoblar xaqida qiziqarli Malumotlar
Olimlarning aniqlashicha, Sankt-Peterburgning Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonasida saqlanadigan Alisher Navoiyning ilk she’rlari to’plami bundan besh asr ilgari buyuk adibning shaxsiy kutubxonasida saqlab kelingan. Kitob oltin suvi bilan ipak qog’ozda bitilgan, va har bir sahifasi naqshlar bilan bezab chiqilgan. Ushbu to’plam Sharning mashhur hattori Sultonali Mashhadiy tomonidan ko’chirilgan.

***
Har qanday matnni odatdagidan besh marotaba yozib olish imkonini beruvchi stenografiya eramizdan avvalgi 63 yilda Tiro ismli cho’ri tomonidan ixtiro qilingan. U Rimning taniqli davlat arbobi Sitseron huzurida xizmat qilgan.

***
Dunyodagi eng katta kitob Amsterdamning muzeylaridan birida saqlanadi. Bu kitob “Dengiz qoidalari to’plami deb nomlanadi”. Kitobning eni bir metr, qalinligi chamasi yarim metr, uzunasiga esa o’rta bo’yli kishidan ham balanddir.
***
Eng qimmat kitob fransuz Jozef Fore tomonidan nashr qilingan noyob “Apokalipsis” kitobi hisoblanadi. 100 million eski frank miqdorida baholangan ushbu kitob Parijning zamonaviy san’at muzeyida saqlanadi. Vazni – 120 kilogramm.
Amerika muzeylaridan biri Iogann Gutenberg uskunasida nashr qilingan Injil uchun eng yuqori baho, 200 ming AQSh dollari to’lagan.
***
Rohib Gabriel Chelani 80×60 sm o’lchamdagi varaqda Dantening “Ilohiy Komediya”sini sig’dira olgan. Shunday bo’lsa ham, asarning har bir misrasini yordamchi vositalarsiz bemalol o’qish mumkin.
Ushbu varaqqa ma’lum masofadan qaralsa, Italiyaning rang-barang xaritasini ko’rish mumkin. Bunga harflarni ranglar bilan muvaffaqiyatli uyg’unlashtirilishi orqali erishilgan. Gabriel Chelani bu san’at asariga to’rt yil umrini sarflagan ekan.
***
Dunyoning 12 ta eng kichik kitobi bir osh qoshig’ida joylashadi. Ular orasida:
1) Qur’oni Karimning mitti nashri;
2) 12 000 so’zli ingiz tili lug’ati;
3) Galiley Galileo asarlari to’langan kitobcha (uning kattaligi pochta markasining yarmicha keladi va 208 sahifadan iborat);
4) Yangi Ahd (bu kitobcha 1896 yilgacha dunyodagi eng kichik nashr hisoblangan);
5) Shoir Robert Berns sh’erlari to’plangan jild (pergamentda);
6) Fransuz spravochnigi;
7) Nemis spravochnigi;
8) Muso qonunlari kitobi (qadimgi yahudiy kitobidagi eng kichik kitob);
9) Hindlarning “Gita” kitobi (sanskritda);
10) Irland va shotland qo’shiqlari to’plami (notalari bilan);
11) Fransiya Konstitutsiyasi (kitobcha oltin suvi yuritilgan teridan qilingan muqova bilan qoplangan);
12) Prezident Linkolnning Gettisbergdagi nutqi (kitobcha katta barmoqning tirnog’i kattaligida).
***
Dunyodagi eng og’ir kitob Londonning Britaniya muzeyida saqlanadigan geografik atlas hisoblanadi. Kitobning bo’yi bir metrdan ortiq va og’irligi 320 kilogrammdir.
***
Birinchi bo’lib taxallaus ostida ijod qila boshlagan muallif yunon komediografi Aristofan hisoblanadi. Aristofan eramizdan avvalgi V-IV asrlarda yashab o’tgan.
***
Ko’pchilik o’ylaganidek, izquvar (detektiv) Sherlok Holms timsoli mashhur ingliz yozuvchisi Artur Konan Doylning fantaziyasi mahsuli emas. Aslida Sherlok Holmsning prototipi 1910 yilda vafot etgan London izquvari Filipp Big hisoblanadi. U shaharning eng iqtidorli eksperti bo’lib, hayotining oxirgi 25 yilida Londonning barcha eng yirik jinoyatlarini ochib bergan.
***
Yozuvchi Onore de Balzakning g’alati odatlari haqida u hayotlik chog’idayoq ko’p gaplar yurgan. Masaln, har safar yangi asar yozishdan oldin u bir-ikki oy muddatga o’z xonasida qamalib olar ekan. Yozuvchi pardalarni yorug’lik kirmaydigan darajada mahkam yopib olar va uy xalatiga burkanib olib, sham yorug’ida ishlagan. Balzak kuniga 18 soat ishlar va bu vaqt davomida unga kun va tunning farqini bilmaslik muhim edi.
***
Buyuk polyak yozuvchisi Adam Mitskevich fantast yozuvchi bo’lgani hammaga ham ma’lum emas. Mitskevich 1829-1850 yillarda Parijda “Kelajakning tarixi” asarining to’rtta versiyasini yaratadi. U mashhur fantast yozuvchilar Jyul Vern va Gerbert Uelslardan ancha ilgari kelajakning turli-tuman ixtorolari haqida tasavvuri bo’lgan: masalan, yozuvchi kamin oldida o’tir
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:24 | O'qilgan: 967 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net